Qashqadaryoda “Komandir va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

0
4545

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Xonobod qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari va Qarshi shahrida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabi oʻquvchi yoshlari ishtirokida “Komandir va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

Koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan suhbatlarda oʻquvchilar harbiy uchuvchi degan sharafli kasbga erishish yoʻlidagi talablar haqida harbiy qism komandiridan toʻliq maʼlumotlar oldilar.

Shuningdek, harbiy qism qidiruv-qutqaruv parashyut-desant guruhi harbiy xizmatchilari turli xil parashyutlar koʻrgazmasida oʻquvchilarga havo qanotlari toʻgʻrisida tushunchalar berib, ularning sohaga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Tadbir davomida maktab oʻquvchilari ham oʻz ijod namunalari bilan mehmonlarni xushnud etdi. Aytilgan kuy-qoʻshiq va ijro etilgan raqslar yigʻilganlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Ertamiz egalari samo lochinlarining parvozlari doimo oʻzlarining orzulari kabi toza va sarbaland boʻlishini tilashdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati