Diqqat, e’lon! O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga talabalarni saralash tanlovi boshlandi

0
3855

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining  tegishli buyrug‘iga asosan 2022-2023 o‘quv yilida Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida  o‘qitish uchun saralash tanlovi boshlanganini ma’lum qilamiz.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • -Ariza;
  • -pasport nusxasi;
  • -3×4 sm o‘lchamda 6 ta fotosurat;
  • -reyting daftarchasi.

Hujjatlar 2022-yilning 17-martidan 8binoda qabul qilish tashkillashtiriladi.

Tanlov bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018 yil 17 martda ro‘yxatdan o‘tgan ro‘yxat raqami 2984 orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun tel.: 71-246-07-00 (Markaz bo‘yicha navbatchiga  9.00 dan 17. 00 qadar telefon qilishlaringiz mumkin).

Telegram manzilimiz: +99833177-23-03