Markaziy harbiy okrugida sportchi nuroniylar rag‘batlantirildi

87

Kecha, 4 iyun kuni Markaziy harbiy okrugida 2019/2020 o‘quv yilining birinchi oyida ilg‘or natijalarga erishgan 100 ga yaqin harbiylar hamda sport tadbirlarida faol qatnashgan keksa avlod vakillari rag‘batlantirildi.

Dastlab videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, harbiy qism komandirlari, Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi rahbariyati, mudofaa ishlari bo‘limi boshliqlarining may oyi yakuni bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi.

Shundan so‘ng, saf maydonida Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlardan kelgan bir guruh harbiy xizmatchilar, shuningdek, nafaqaga chiqqan harbiylar va keksa avlod vakillariga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov tomonidan esdalik nishoni, qimmatbaho sovg‘a, pul mukofotlari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati