Qahramon oʻgʻlonlarning yaqinlariga ehtirom koʻrsatildi

3410

Markaziy harbiy okrugning Jizzax va Samarqand garnizoni harbiy xizmatchilari Vatan tinchligi yoʻlida jon fido etgan marhum harbiy xizmatchining oilasi holidan xabar olib, ularga bayram sovgʻalari topshirishdi.

Samimiy suhbat jarayonida qahramonlar xotirasi yod etildi, jasoratlari esga olindi. Jumladan, ularning 2000-yil yoz oylarida Surxondaryo viloyatining togʻli hududlarida xalqaro terrorchilarga qarshi togʻ qoyalari oraligʻidagi toʻqnashuvlarda ishtiroki, terrorchilarga qarshi kurashda ogʻir yaralanishiga qaramay burchini ado etishdan toʻxtamaganligi hurmat va iftixor bilan taʼkidlab oʻtildi.

– Farzandim yosh boʻlishiga qaramay Vatani va xalqi uchun oʻz jonini aymadi, oʻz koʻksiga tekkan oʻqni Vatani uchun, xalqi himoyasi uchun, deb bildi. Men shunday farzandning onasi ekanimdan faxrlanaman, – deydi marhum Sayyor Sadinovning onasi Roziya opa Sadinova.

Bunday yoʻqlov tadbirlari davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati