Toshkentda ertaga harbiy xizmatchilar ishtirokida yurish o‘tkaziladi

53

2019-yilning 12-may kuni Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida ommaviy  yurish bo‘lib o‘tadi.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “EKO” bozori oldidan “Feruza” massivi bo‘ylab amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan 2019-yilning 12-may kuni soat 8:00 dan 12:00 gacha ushbu hududda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati