7-may kuni “Humo arena” muz saroyida vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi

82

Ertaga, 7-may kuni “Humo arena” muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali tashkil etiladi.

9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan harbiy orkestr va san’atkorlarning vatanparvarlik ruhidagi quy va qo‘shiqlaridan iborat kontsert dasturi, harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, yurt himoyachilarining qo‘l jangi va saf elementlari bilan chiqishlari o‘rin olgan.

Festivalda barcha yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz mehmonlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Tadbir ertalab soat 9.00 dan boshlanib, kechki 19.00 gacha davom etadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati