Paxtachi ahliga koʻtarinkilik bagʻishlagan festival

0
1071

Paxtachida koʻplab yoshlarni oʻzida jamlagan keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivali “Xalq va armiya — bir tanu bir jon” shiori ostida boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sharafli sohaga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, mahalla yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Paxtachi tumanida tashkil etilgan mazkur harbiy-vatanparvarlik tadbiri tuman aholisi ishtirokida ommaviy “Sogʻlom hayot uchun 5000 ming qadam” yurishi bilan boshlandi.

Shundan soʻng tumandagi 22-umumtaʼlim maktabining sport maydonida qurol-aslahalar namoyishi, harbiy hizmatchilarning koʻrgazmali va sahnalashtirilgan chiqishlari, yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazildi.

Harbiy orkestr va tuman madaniyat boʻlimi xonandalarining musiqiy dasturlari festivalga oʻzgacha shukuh baxsh etdi.

Aholi va yoshlar ushbu harbiy-vatanparvarlik festivalidan koʻtarinkilik tuyishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati