Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarga yangi xizmat uylari topshirildi

144

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “Nuriston” qo‘rg‘onida harbiy xizmatchilar uchun 48 xonadondan iborat 2 ta ko‘p qavatli xizmat uylari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Nishon tumani hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Harbiylarga yangi xizmat xonadonlarining kaliti tantanali topshirildi.

Tadbirda harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari so‘zga chiqib, yangi turar-joy binolariga ko‘chib o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni qutladi.

Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar shinam, 2 va 3 xonadondan ibort. Ularda yashash uchun qulayliklar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviy jihozlangan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati