O’zbekistonda kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi o’quv mashg’ulotlari o’tkazilmoqda

99

Joriy yilning 9-13 aprel kunlari Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida O’zbekiston mudofaa vazirining birinchi o’rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig’i general-mayor Pavel Ergashev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha hamkorlikdagi qo’mondonlik-shtab o’quvlari o’tkazilmoqda.

O’quvlarda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari va boshqa bo’linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo’mitasi kuch va vositalari, shuningdek, mahalliy hokimiyat hamda o’zini-o’zi boshqarish organlari jalb qilindi.

Mashg’ulotlar kecha, 9-aprel kuni qo’shinlar va boshqaruv organlarini yuqori jangovar shaylikka keltirish bilan boshlandi. Hozirda bo’linmalar jangovar o’quv vazifalarni bajarish hududiga olib chiqildi. O’quvlar Sharqiy harbiy okrugining barcha poligonlarida bo’lib o’tmoqda. Unda kuch tuzilmalarining tegishli bo’linmalari zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlarni amaliy bajarish masalalari ko’rib chiqilmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati