Obod joyda fayzu tarovat, baraka bor

9

Mudofaa vazirligi tizimida hafta kunlariga tadbirlar yoʻnalishidan kelib chiqib, alohida nomlar berilgan. Shundan shanba – “Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish” kuni hisoblanadi. Bu kuni harbiy qism hududi va xizmat xonalarida, harbiy shaharcha va unga tutash mahallalarda tozalik ishlari yana-da kuchaytirilgan holda olib boriladi. Tadbirga harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari ham hissa qoʻshadilar. Ular odatda, harbiy shaharchalar hududida hasharlar uyushtirishadi.

Xalqimiz saranjon-sarishtalikni, obodlikni doim qadrlagan. Shaharu qishloqlarimizda yangi uylar, ravon yoʻllar, muhtasham koʻpriklar barpo etilayotgani yurtdoshlarimizning hayotdan mamnun boʻlib yashashlarini taʼminlamoqda.

Obodonlashtirish ishlariga eʼtibor kuchaygani tufayli aholiga qulay ekologik muhit yaratilayotgani ham quvonarli.

Harbiy xizmatchilarimiz va ularning oila aʼzolari bunday obodonlashtirish ishlarini muntazam ravishda oʻzlari xizmat qilayotgan harbiy qismlar va istiqomat qilayotgan harbiy shaharchalarida oʻtkazishlari ular uchun madaniy hordiq baxsh etadi.

Bugun Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha harbiy okrug va garnizonlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug va Sharqiy harbiy okrug ayniqsa, faolligi bilan ajralib turdi.

Bu kabi birdamlikda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari yurtimizning har bir hududi koʻrkam boʻlishi uchun xizmat qiladi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati