Yoshlar harbiycha hayot bilan tanishdi

0
1156

Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi olis hududlaridagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini, oʻquvchi-yoshlarning esa ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida  “Sazagan” dala oʻquv maydonida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil qilingan mazkur tadbirda dastlab harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali amaliy mashgʻuloti namoyish qilindi va harbiycha hayot, posbonlar faoliyati, xizmat sharoitlari bilan yaqindan tanishishtirish maqsadida poligon bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shundan soʻng ekskursiya qurol-aslahalar va harbiy texnikalar koʻrgazmasiga ulanib ketdi.

Ochiq eshiklar kuni doirasida harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari ham tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ekskursiya konsert dasturlari hamda faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari bilan yakunlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting