Urgut va Toyloqda harbiy-vatanparvarlik festivallari

0
1014

Samarqand viloyatining Urgut va Toyloq tumanlarida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Unda tuman hokimliklari, Samarqand garnizonidagi harbiy qismlar, Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi, Yoshlar ishlar agentligi, Yoshlar ittifoqi viloyat boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar va mahallalar yoshlari ishtirok etdi.

Festival Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kuylari ostida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafonlari bilan boshlanib, faxriylar, harbiylar va yoshlar ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqotlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda harbiy texnikalar va qurol-aslahalar koʻrgazmalariga ulanib ketdi.

Harbiy xizmatchilarning qoʻl janggi, faxriy qorovul saf chiqishlari, shuningdek, el suygan taniqli san’atkorlarning gala-konserti tadbirda ishtirok etgan yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi va ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini yana bir karra oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting