“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

15

Bugungi kunda yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri, uning kelajagi uchun daxldorlik va masʼuliyat hissini oshirishga yoʻnaltirilgan targʻibot tizimi shakllantirildi.

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlarida ham nuroniylar va oʻquvchi yoshlar ishtirokida qator davra suhbatlari, uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Qoʻmondonlikning Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismlaridan birining tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusidagi tadbirda ham oʻquvchi yoshlar, nuroniylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari soʻz olib, barchani Vatanni sevishga, uning har qarich tuprogʻini eʼzozlashga chaqirdilar.

Sanʼatkorlarning chiqishlari, yoshlar tomonidan oʻqilgan vatanparvarlik mavzusidagi sheʼrlar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlandi.

Farida BOBOJONOVA, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi matbuot xizmati