Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining barcha harbiy qism va muassasalarida yangi 2023/2024-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi. Tadbirda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni va oʻrinbosarlari, okrug boshqaruv apparati masʼul ofitserlari harbiy xizmatchilarga mudofaa vazirining tabrigini yetkazdi va oʻzlarining samimiy tilaklarlari bildirdi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari va faxriylar ham ishtirok etdi. Shundan soʻng, yangi oʻquv mavsumining ilk mashgʻuloti boshlandi. Unda, harbiy xizmatchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan nazariy va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Yangi oʻquv yili davomida harbiy xizmatchilar tomonidan barcha sohalarda olib boriladigan amaliy mashgʻulotlarda birinchi navbatda amalga oshriladigan vazifa — bu xavfsizlik qoidasiga rioya qilishdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida hamda uning hududida joylashgan harbiy qismlarda yangi o‘tkazilgan tantanli marosimlarda Qurolli Kuchlar faxriylari, professor-o‘qituvchilar va harbiy qism komandirlari ishtirok etdi. Asosiy tadbirdan so‘ng yangi 2023/2024-o‘quv yiliga bag‘ishlangan o‘quv darslari boshlandi.
Qurolli Kuchlar akademiyasida tashkil etilgan tadbirda akademiya shaxsiy tarkibi, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va kursantlar ishtirok etdi.
Yangi 2023/2024-o‘quv yiliga bag‘ishlangan tadbirlar barcha harbiy okrug va muassasalarda o‘tkazildi.