General qaynonalar mukofotlandi

20

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Mening qaynonam general” realiti-shousida ishtirok etgan bir guruh “general qaynonalar” munosib taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi tizimida faoliyat olib boruvchi harbiy qizlar qaynonalari bilan ushbu shouda faol qatnashdi. O‘n kun tasvirga olingan ko‘rsatuvda harbiylar qizlar uyda qanday kelin ekanligini namoyish qilishdi.

Nihoyat sinovlarda toblangan ishtirokchilar taqdirlandi. Unga ko‘ra birinchi o‘rinni “general qaynona” Qumri Abdurahmonova va leytenant Dilshoda Rahimjonova qo‘lga kiritdi.

El ardog‘idagi san’atkorlar kuy-qo‘shiqlar orqali ishtirokchilarni tabrikladi. Auditoriya ularni samimiy tabassum va olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlab turdi.

G‘olib va ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shohsanam NIShONOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti