Markaz qo‘mondonligi tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi

29

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaz shaxsiy tarkibi, Samarqand viloyat madaniyat markazi jamoasi, Samarqand chet tillar universiteti va 1-sonli pedagogika kolleji talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Markaz boshlig‘i polkovnik A.Djabbarov shaxsiy tarkibni Vatan himoyachilari kuni munosabati samimiy tabriklab, bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbirning madaniy qismiga bag‘ishlangan dastur davomida Samarqand viloyati madaniyat markazi va Chet tillar universiteti talabalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Xayrullo O‘LMASOV, markaz press-attashesi