Toshkent viloyatidagi harbiy qismda sayyor qabul oʻtkazildi

0
1797

Angren garnizonida harbiy xizmatchilar huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʻminlashga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazildi.

“Qonun ustuvorligi hamda inson manfaatlarini taʼminlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir” shiori ostida tashkil etilgan sayyor qabulda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev ham ishtirok etdi.

Qabul davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila-aʻzolarini ish bilan taʼminlash, uy-joy, ijtimoiy himoya va boshqa masalalarga doir murojaatlar tinglandi. Sayyor qabulda kelib tushgan 80 ga yaqin murojaatning 58 tasiga joyida yechim topilgan boʻlsa, qolgan murojaatlar oʻz yoʻnalishiga koʻra tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi.

Taʻkidlash kerakki, “Inson qadri uchun” tamoyiliga rioya etilgan holda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini oʻrganib, muammolarga yechim topish davlat organlarining muhim vazifasiga aylandi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi yoʻlida olib borilayotgan bu kabi islohotlar negizida ham hukumatimizning Vatan himoyachilariga boʻlgan yuksak eʻtibor va gʻamxoʻrligi mujassam.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati