“Vatanparvarlik” marafoni

21

Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Vatanparvarlik” marafonida 6 mingga yaqin sportga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining 28 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbir o‘quvchi va talabalar, harbiy xizmatchilar hamda jamoatchilik vakillarini o‘z atrofida jamladi.

Tashkilotchilar faol va g‘olib ishtirokchilarni maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

O‘zA