Chirchiqda “Jaloliddin Manguberdi avlodlarimiz” sport estafeta musobaqalari o‘tkazildi

17

Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan birida talabalar va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Jaloliddin Manguberdi avlodlarimiz» shiori ostida sport estafeta musobaqalari o‘tkazildi.

Unda Chirchiq davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq shahar 2-,6-,10-,25-,14-,13-sonli umumta’lim maktablari o‘zaro bellashdilar.

Bellashuvlarni Chirchiq shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi shahar kengashi, “Mahalla” jamg‘armasi vakillari kuzatib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Chirchiq davlat pedagogika institutining “Algaritm” jamoasi faxrli 1 o‘rinni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Olimp” jamoasi 2 o‘rinni; maktablar o‘rtasida kechgan bahslarda 2-sonli maktabning “Temurbeklar” jamoasi 1-o‘rinni, 10-sonli maktabning “Shunqorlar” jamoasi 2-o‘rinni, 6-sonli maktabning “Lochinlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalarga harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati