Harbiylar uchun kutilmagan tashrif va ajoyib tabrik

10

Qarshi davlat universiteti ustoz murabbiylari va bir guruh talabalar Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan harbiy xizmatchilarni qutlash maqsadida oliygoh tomonidan uyushtirilgan bayram dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ustoz murabbiylar tomonidan bildirilgan iliq tilaklar va iste’dodli talabalar tomonidan o‘qilgan Vatanni, uni himoya qilishdek sharafli burchni ulug‘lovchi qaynoq she’rlar guldastasidan ko‘ngillar ko‘tarildi. Jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar maroqli hordiq uchun imkon yaratdi.

Shuningdek yurt himoyachilariga universitet tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu kutilmagan tashrif va tabriklar harbiylar uchun haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida mehmonlar okrug kutubxonasidagi sharoitlar va uning faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati