Insholar tanlovi va intellektual o‘yin o‘tkazildi

9

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Samarqand garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalьonida insholar tanlovi va “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Dastlab har bir bo‘linmadan ikki nafardan jami 16 nafar xizmatchi saralab olinib, tanlov shartlari va qoidalari e’lon qilindi. Shundan so‘ng “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusidagi insholar tanloviga start berildi.  Tanlov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi mas’ul hodimlari tomonidan baholanib borildi.

Parallel tarzda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini qiziqarli bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. “Adolat” hamda “Shunqorlar” jamoasiga hakamlar hay’ati tomonidan 10 tadan savol berildi. Har bir savolga to‘g‘ri javob 5 balli tizimda baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, insholar tanlovida “Adolat” jamoasi eng ilg‘or deb topilgan bo‘lsa, intellektual o‘yinda esa mutlaq g‘oliblik 45:41 hisobida “Shunqorlar” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib bo‘linmalar fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

Tanlovda faol ishtirok etgan askarlarning uyiga tashakkurnoma yuborildi.

 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati