Qurolli Kuchlar akademiyasida deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

9

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik haftasi” doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanidan  deputatlikka nomzodlar bilan  kursantlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda har bir partiyadan vakil chiqib o‘zlarining dasturlarini auditoriyaga tushuntirdi. Ekalogik partiyasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani kengashidan deputatlikka nomzod  Iqbol Matkarimov  o‘z dasturida tabiatni asrash borasida yangi loyihalari bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida bu yilgi saylovning avvalgisidan farqi va qulayliklari haqida ma’lumotlar berildi.

Kursantlar saylov yuzasidan savollariga nomzodlardan to‘liq javob olishdi.

Shohsanam NIShONOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti