O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

57

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

General-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Yakubov Jur’at Amangeldiyevich tayinlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti