Qo‘mondon askarlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

0
1107

Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov Chirchiq garnizonida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchi oddiy askarlar bilan “Inson qadrini ulugʻlash” shiori ostida ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida qoʻshinlar qoʻmondoni bugungi kunda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylar xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirar ekan, Vatan himoyachisi bo‘lish katta sharaf ekanini taʼkidladi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda askarlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan qo‘mondonga murojaat qilib, ularga batafsizl javob oldirlar.

Shuningdek, muloqot davomida yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh askarlarga ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, mard va jasur bo‘lishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida tavsiya va maslahatlar berildi. Tadbir faol ishtirok etgan askarlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti