Harbiylar “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashdilar

112

Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati va Zangiota tumani Kengashlari bilan hamkorlikda tumanda joylashgan barcha harbiy qism va muassasalarning yoshlaridan iborat 6 ta jamoa ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda Milliy Gvardiya harbiy-texnik institutining “O‘zbegim o‘g‘lonlari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘chma kubokni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining “Temur izdoshlari” jamoasi va uchinchi o‘rinni tumandagi harbiy qismning “Yoshlar” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti