Farg‘onadagi harbiy qismlarning birida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

13

Sharqiy harbiy okrugda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy hayot bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirilib, harbiy qismlarga tashriflar uyushtirish yaxshi anʼanaga aylandi.

Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi desantchilar harbiy qismiga Farg‘ona shahridagi 18, 21, 22 va 23-sonli umumtaʼlim maktablarining jami 450 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlari tashrif buyurdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchi yoshlarga saf tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish usullari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, qurol-yarog‘, harbiy texnikalar, aloqa vositalari, tibbiy anjomlar hamda taʼminot turlarining namoyishi o‘tkazildi. Harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan hamda barcha elementlarni o‘zlari bajarib ko‘rgan yoshlar ushbu tashrif ularda katta taassurot qoldirganini alohida ta’kidladi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati