Maktab o’quvchilari harbiy qism mehmoni

0
737

Markaziy harbiy okrugi hududidagi garnizonlarda joylashgan va “Qizil” toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Samarqand garnizonidagi harbiy qismda Pastdarg’om tumanidagi 76-sonli maktab o’quvchilari uchun “Vatan ozodligi – baxt garovi” shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Harbiy qism bo‘ylab sayohat qilgan yoshlar dastlab, harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy texnikalar va ularning jangovar kuchi va imkoniyatlari bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng harbiy qismda tashkil etilgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz tarixiga oid tematik sinfxonalarda ularning jang san’ati, harbiy yurishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Ushbu kun tashrif buyurgan har bir yoshning qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg’ularini uyg’otibgina qolmay, o’chmas xotira bo’lib muhrlanib qoldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati