Harbiy qismda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

44

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida yangi chaqirilgan safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni harbiy xizmatchilari bilan “Vatan – ulug‘, burch – muqaddas” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Termiz garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi madhiyamiz sadolari ostida boshlangan tadbirda so‘z olganlar Vatanni himoya qilish shu yurtning har bir o‘g‘loni uchun muqaddas burch ekani, uni ado etishda esa, doim sergak va matonatli bo‘lish lozimligi haqida gapirishdi.

Shundan so‘ng, yig‘ilganlar qismda mavjud harbiy texnika va qurol-yaroqlar bilan tanishtirildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari ham yig‘ilganlarni befarq qoldirmadi.

Tadbir so‘ngida Angor tumani madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. Unda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga hush kayfiyat ulashdi.

Bunday tadbirlarning tashkil etilishi harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishning yana bir qadar yuksalishida muhim o‘rin tutadi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati