Sayyor qabullar aholi muammolari yechimida ahamiyatlidir

21

Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishda sayyor qabullar muhim o‘rni tutadi.

Shu maqsadda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi Qarshi harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan Nuriston qo‘rg‘onida harbiy masalalar yuzasidan sayyor qabul tashkil etishdi.

Unda aholi yechimini izlayotgan masalalar yuzasidan okrug qo‘mondonligi hamda Qarshi harbiy prokuraturasi vakillariga murojaat etishdi. Murojaatlarning katta qismi harbiy xizmatchilarning turli oilaviy muammolari sababli xizmat vazifalarini o‘z viloyatlariga ko‘chirish masalasida bo‘ldi.

Shuningdek, uzoq muddatli kredit olish, harbiy xizmatchilar yashayotgan hududda maktabgacha ta’lim muassasalarining yetishmasligi, turarjoylar ijara bahosi qimmatligi kabi masalalar yuzasidan savollar berishdi.

O‘z navbatida har bir savolga javoblar berilib, ayni shu masalani hal etuvchi rahbar xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatishlari uchun topshiriqlar berildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari matbuot xizmati