Markaziy harbiy klinik gospitalida ta’mirdan chiqqan yangi bo‘lim foydalanishga topshirildi

233

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida 3 qavatdan iborat 1 va 2 xonali shikast va jarohat bo‘limi kapital ta’mirdan chiqib, foydalanishga topshirildi.

Tramatologiya va ortopediya bo‘limning ochilish marosimida Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, harbiy shifokorlar hamda harbiy-tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan salmoqli ishlar, harbiy tibbiyot sohasidagi erishilgan yutuqlar xususida to‘xtalib o‘tishdi.

Mazkur bo‘lim bemorlarga suniy bo‘g‘imlar qo‘yish, pay tikish hamda sovuq urgan va kuyganlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Umurtqa, bo‘g‘im, pay kasalliklari bilan og‘rigan va tan jarohati olgan 37 ta bemorga mo‘ljallangan xona va ularning yotib davolanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bo‘limni kapital ta’mirlash ishlariga 4 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan.

Yaqin kunlar ichida bo‘limga artroskopiya (operatsiya jarayonini ekranda kuzatish asbobi), operatsiya anjomlari hamda S-duga (ko‘chma rentgen apparati) olib kelish rejalashtirilmoqda.

Mudofaa vazirligi Matubot xizmati