Xalqaro armiya o‘yinlari bosh hakami: O‘zbekiston “ArMI—2019” o‘yinlarida ajoyib ishtirok etdi (video)

17

Xalqaro armiya o‘yinlarining bosh hakami general-mayor Aleksandr Peryazov o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarning mazkur musobaqadagi ishtirokini alohida e’tirof etdi.

“O‘zbekiston jamoasi molodets. Joriy yilda ular juda yaxshi qatnashdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ikkita oltinni qo‘lga kiritdi. Birinchi bor ishtirok etayotganiga qaramay “Tank biatloni”da muvaffaqiyatli ishtirok etdi va “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqalarida birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Shuningdek, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Keyingi yilda jamoalar sonini ko‘paytirsa, shubhasiz kuchli uchlikdan o‘rin oladi”, — deydi Peryazev.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti