Biatlonchilarimiz finalda!

2

“Tank biatloni” yo‘nalishi bo‘yicha yarim final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan vakillarimiz eng yaxshi natijani qayd etib, finalga yo‘l oldi.

Qizg‘in va shiddatli bahslarga boy bo‘lgan chorak final bahslarida ham yurtimiz sharafini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar barcha to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tib, eng yaxshi natijani ko‘rsatgan edi.