“Eng ilg‘or mutaxassis” tanlovining ikkinchi bosqichi boshlandi

7

O‘zbekiston mudofaa vazirining 2019-yil 8-apreldagi tegishli buyrug‘i talablariga muvofiq, joriy yilning 11-iyul kunidan 13-iyul kuniga qadar Sharqiy harbiy okrug miqyosida doimiy shaylikdagi harbiy qism va alohida batalonlar mutaxassislari bilan “Eng ilg‘or pulemyotchi”, “Eng ilg‘or mergan”, “Eng ilg‘or granatomyotchi”, “Eng ilg‘or AGS-17 hisobi”, “Eng ilg‘or SPG-9 hisobi” tanlovlari boshlandi.

Ushbu musobaqaga yuqorida nomlari ko‘rsatilgan jamoalarning barcha mutaxassislari jalb etildi.

“Men g‘olib bo‘laman” shiori ostida boshlangan musobaqa qizg‘in davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti