Armiya sportchisi Bishkekda o‘tkazilgan turnirda sovrindorlar qatoridan joy oldi

57

Joriy yilning 10—12-iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan yunon-rim kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Abdurashid Berdaliyev -60 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi uchun yagona medal o‘lib qoldi.

Xalqaro turnirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Braziliya va O‘zbekistondan borgan sportchilar ishtirok etdi.