Gospital tarkibiy bo‘limlari vazifalari

QABUL-EVAKUATSIYA BOʻLIMI

 Qabul-evakuatsiya boʻlimi kasal va yaradorlarni qabul qilish, ularga kechiktirilib boʻlmaydigan rejali va shoshilinch ravishda tibbiy yordam koʻrsatish, kasal va yaradorlarni boshqa davolash muassasalariga evakuatsiya qilish, shuningdek davolanib chiqqan kasallarni oʻz vaqtida harbiy qism xizmat oʻtash joylariga oʻz vaqtida yuborishga moʻjallangan. Boʻlimda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun intensiv xona, yaralangan bemorlarga ishlov berish uchun bogʻlovxonalar, xamda terapiya va jarroxlik bemorlarini tekshirish uchun aloxida xonalar mavjud.

Ambulator usulda oʻtkaziladigan tekshiruvlar va mualajalar

  • umumiy klinik va biokimyoviy kon tahlili, peshob tahlili;
  • ichki aʻzolarni va ayiruv tizimi aʻzolarini ultratovush tashhislash;
  • qiziloʻngach va oshqozonni endokopiya usulida tashhislash;
  • rentgen nurlari bilan aniqlash, MRT, shu jumladan multispiral kompyuter tomografiya qilish.

Bemorlar tashhisga asoslanib ixtisoslashgan davolash boʻlimlariga davolanish uchun statsionarga yotqizilinadi.

 

 

JARROHLIK BOʻLIMLARI:

SHOSHILINCH XIRURGIYA BOʻLIMI

 Qorin boʻshligʻi, koʻkrak kafasi, qon-tomir va boshqa aʻzolarning shoshilinch jarrohlik kasalliklari, jarohatlanishlarda tunu-kun malakali va qisman ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini koʻrsatish; diagnostik jarrohlik muolajalarini oʻtkazish.

Statsionar usulda oʻtkaziladigan tekshiruvlar va muolajalar:

Jarrohlik amaliyoti nomlari:

Diagnostik torakoskopiya;

Torakoskopik exinokokektomiya; Torakotomiya.

Oʻpka exinokokkektomiyasi;

Torakotomiya. Koʻkrak qafasi aʻzolari jaroxatlarini tikish;

Torakotomiya. Oʻpka segmentektomiya, lobektomiya, pulmonektomiya qilish;

Oʻpka bulyoz kasalligida torakoskopik elektrokoagulyatsiya, bullani tikish;

Torakotsentez;

mikrotraxeostoma;

bronxografiya (skopiya);

Sut bezi operatsiyalari- mastektomiya;

Buyin soxasi jaroxatlari:

traxea va qizilungach jaroxatini tikish;

Qalqonsimon bez operatsiyalari- strumektomiya;

Diagnostik laparoskopiya, Laparoskopik xoletsistektomiya, Laparoskopik appendektomiya, Laparoskopik churrani plastikasi (kindik, chov), Laparoskopik oshqozon rezeksiyasi, Laparoskopik diafragma churrasi plastikasi, Laparoskopik splenektomiya, Laparoskopik exinokokkektomiya, Appendektomiya, Mini gastroshuntlash, Laparotomiya.  Ekspolyarativ laparotomiya, Oshqozon va ichak rezeksiyalari, anastamozlar shakllantirish.   Xoletsistektomiya, Xoledoxolitotomiya, Exinokokektomiya (jigar, taloq, qorin boʻshligʻi), Gastrostoma, Churrani plastikasi (kindik, ventral, son, chov), Duodenoplastika, Piloroplastika, Xoledoxoduodenoanastomoz quyish, Gepatikoyuenoanastomoz quyish, Sistogastrostomiya; Sistoduodenostomiya, Splenektomiya, Laparotsentez, Qorin boʻshligʻi aʻzolari abssess va kistalarini bartaraf etish,   Qorin parda orti hosilani olib tashlash, Oshqozon va qiziloʻngachdagi polipni olib tashlash, Oshqozon va qiziloʻngachdagi polipni olib tashlash, Jigar rezeksiyasi, Abdominoplastika yoki qorinni plastikasi, Lipomalarni olib tashlash, Meʻda va ichak traktidagi yot jismlarni olish, Laparotomiya. Ichak tutilishini bartaraf etish; Laparotomiya. Sigmasimon ichak detorsiyasi. Gagen – Torn buyicha mezosigmaplekatsiya. Yugon ichak transrektal itubatsiyasi; Laparotomiya. Piloroduodenotomiya. Qonayotgan yarani tikish. Geyneke- Mikulich   buyicha piloroplastika; Laparotomiya. Omentopankreatopeksiya; Laparotomiya. Ichak perforatsiyalarini tikish; Mezenteral tomirlar trombozini bartaraf qilish; Oʻtkir genekologik kasalliklarini bartaraf qilish(kistektomiya, ovarektomiya, tubektomiya, bachadon amputatsiyasi va ekstrpatsiyasi); Qorin parda orti aʻzolari jaroxatlarini bartaraf qilish (buyrak jaroxatini tikish, buyrak rezeksiyasi, nefrektomiya, epitsistostomiya); Flebektomiya, krossektomiya, trombektomiya.

Yuqoridagi tekshirish va muolajalarda qoʻllaniladigan zamonaviy tibbiy uskunalar nomlari: Telelaparoskop

 

YURAK QON-TOMIR

VA RENGENENDOVASKULYAR XIRURGIYA BOʻLIMI

 Yurak qon-tomir va rentgenendovaskulyar xirurgiya boʻlimida yurak qon-tomir va rentgenendovaskulyar jarrohlik yordami koʻrsatishni tashkil etish hamda uslubiy rahbarlik qilishga moʻljallangan yagona ixtisoslashgan boʻlim hisoblanadi.

 

Yurak qon-tomir va rentgenendovaskulyar jarrohligi boʻlinmasida hozirgi vaqtda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

 

-yurak qon-tomir rejali va shoshilinch traditsion va endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari;

-aortal, mitral, trikuspidal klapanlari tugʻma va orttirilgan nuqsonlari kardioxirurgik amaliyotlari;

-qorinchalar va boʻlmachalar aro tugʻma va orttirilgan defektlari;

-yurak toj tomirlarni ishlayatgan va toʻxtatilgan yurakda shuntlash. -koʻtariluvchi aorta oʻtkir va surunkali disseksiyalarida qardioxirurgik amaliyotlari;

-oʻpka arteriyalari emboliyalarida jarrohlik amaliyotlari;

-venoz tizimining patologiyalarida jarrohlik amaliyotlar;

-yurak toj tomirlarni, aorta va magistral qon tomirlarni traditsion usulda ballon angiplastikasi, stent qoʻyish, qon ketishlarda selektiv embolizatsiya;

 

-venoz tizimdagi okklyuziyalarda ballon angiplastika, stentlash, aorta va magistral arteriyalarini disseksiyalarida stentgraft oʻrnatish;

 

-kava filtr oʻrnatish, yurak tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni bartaraf etish, koʻtariluvchi ileografiya;

 

-qon tomirlarni qon aylanish funksional rezervini aniqlash;

-intrakranial bosh miya qon tomirlarining trombotik patologiyalarida tromboaspiratsiya;

 

-qon ketishlarda embolizatsiya;

 

-aterosklerotik zararlanishlarda ballon angioplastika, stentlash, endaterektomiya jarrohlik amaliyotlari) kam invaziv, endoskopik, rekonstruktiv-plastik amaliyotlar.

RENTGEN ENDOVASKULYAR YUQORI TEXNOLOGIYALI OPERATSILARI:

  • Koronar arteriyalarni teri orqali stentlash;
  • Periferik arteriyalarni stentlash;
  • Doimiy elektrokardiostemulyator (eks) implantatsiyasi;
  • Diagnostik angiografiyasi;
  • Yurak boʻshiqlarini kateterizatsiyasi va megestral tomirlarni tenziometriyasi;
  • Yurak boʻshliqlari tomirlardan inorod telani olib tashlash;
  • Teri orqali translyuminal angioplastika;
  • Yurak tugʻma kasalliklarini transkatetir yoʻli yopish;
  • Serebral/vitseral arteriyalar embolizatsiyasi;
  • Aorta va aorta qopqogʻini transkateterli protezlash.

TORAKAL XIRURGIYA BOʻLIMI

 Boʻlim faoliyati tinchlik va urush davrida koʻkrak qafasi jarohatlari, boʻyin, oʻpka, qiziloʻngach va qalqonsimon bez kasalliklari bilan kasallangan yaradorlar va bemorlarga ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatishdan iborat. Tibbiy yordam fuqarolarning quyidagi kontingentlariga amalga oshiriladi: Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining haqiqiy harbiy xizmatdagi, shuningdek, nafaqaxoʻrlariga, ularning oila aʻzolariga, ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga shartnoma asosida koʻrsatiladi. Bundan tashqari, koʻkrak qafasi xirurgiyasi boʻlimi harbiy xizmatchilarni tibbiy koʻrikdan va guvohlantirishlari oʻtkazadi; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining garnizon gospitallari, boʻlinmalarining tibbiy boʻlinmalari va poliklinikalarida ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha uslubiy ishlarni amalga oshiriladi.

Boʻlimda torakal patologiyasi maavjud bemorlarga yuqori texnologik va traditsion usullarida jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish, davolash va tashxislash chora-tadbirlari, jarrohlik amaliyoti oʻtkazgan va ogʻir ahvoldagi bemorlarning parvarishlash, reabilitatsiyasi oʻtkaziladi.

Bo`lim quyidagi yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega:

– nafas olish organlarining malformatsiyasi (traxeya bronxlari, traxeobronxomalaziya, oʻpka va bronxlarning agenezi, aplaziyasi va gipoplaziyasi, bronxopulmoner kistalar, polikistoz);

– oʻpkaning oʻziga xos boʻlmagan yalligʻlanish kasalliklari (oʻtkir va surunkali bronxit, oʻtkir va surunkali pnevmoniya, oʻpkaning xoʻppozlari va gangrenasi, oʻpkaning stafilokokk destruktsiyasi, bronxoektatik va bronxoektazlar, bullyoz amfizem, bronxial astma, fungal infektsiyalar, echinokokkoz);

– oʻpka saratoni (periferik va markaziy), oʻpkaning yaxshi oʻsmalari;

– plevraning yomon va yaxshi xulqli oʻsmalari;

– qovurgʻa va toʻsh suyagining travmatik shikastlanishlari;

– koʻkrak qafasining “siqilishi” sindromi, traxeya, bronxlar va oʻpkaning oʻtkir yorilishi, oʻpkaning kontuziyasi;

– nafas olish va mediastinal organlarning jarohatlarida;

– yurak jarohatlari va nafas olish tizimining koʻp va kombinirlangan shikastlanishlari;

– nafas olish va mediastinal organlarning begona jismlari;

– quruq (fibrinoz) plevrit, ekssudativ plevrit, plevra empiemasi, piopnevmotoraks, revmatizm, kollagenozlar, beriberi, gemorragik diatezda plevraning shikastlanishi;

– traxeya va bronxlarning tsikatrisial stenozi, traxeya va bronxlarning yaxshi xulqli oʻsmalari, kultit, bronxo-plevral oqmalar;

– qiziloʻngach-traxeya va qiziloʻngach-bronxial oqmalar;

– mediastinaning yaxshi xulqli oʻsmalari va kistalari;

– ochiq va klapan pnevmotoraks, yopiq travmatik pnevmo-gemotoraks, spontan pnevmotoraks, oʻpka, qiziloʻngachning yorilishi;

– yurak tamponadasi, oʻpka gemoptizisi va qon ketishi.

ABDOMINAL XIRURGIYA BOʻLIMI

 Qorin boʻshligʻi aʻzolarini rejali jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish, telelaparoskopik va ochiq jarrohlik usuli bilan (xoletsistektomiya, appendektomiya, laparoskopik gernioplastika, ingichka va yoʻgʻon ichak rezeksiyasi) kam invaziv, endoskopik, rekonstruktiv-plastik amaliyotlarni oʻtkazish. Abdominal xirurgik bemorlarni harbiy-tibbiy ekspertizasini oʻtkazish. Garnizon gospitallariga abdominal xirurgik bemorlarni davolash masalalarida konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish. Akademiya talabalari va “abdominal xirurgiya” va “laparoskopiya” boʻyicha klinik ordinatorlarni tayyorlash hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishda ishtirok etish.

YIRINGLI XIRURGIYA BOʻLIMI

 

Yiringli septik xirurgik kasalliklar, jaroxatlanishdan keyingi yiringli asoratlar va koloproktologik kasalliklari va shikastlanishlarning diagnostikasi va jarroxlik usullari bilan davolash.

 

Ambulator yordam koʻrsatish:

 

1. Qoʻl va oyoq barmoqlari ekzartikulyatsiyasi. 

2. Furunkul, karbunkul, gidradenit va yiringli limfadenit ochish, erizipeloidni davolash. 

3. Yiringli mastitni ochish.

4. Yiringli jaroxatlarda ikkilamchi xirurgik ishlov.

5. Oʻtkir bavosilda – trombektomiY.

6. Yiringlagan dumgʻaza – dum epitelial yoʻlini ochish.

7. Yumshoq toʻqimalar absssess va flegmonasini ochish.

8. Barcha shakldagi xasmollarni (panaritsiy) jarroxlik  davolash. 

9. Oʻtkir uchli perianal  kandilomalarni kesib olish.

10. Tirnoqning et orasiga oʻsishida  operativ davo.

11. Operatsiyadan keyingi ligatur oqmalarni kesib olish.

12. Yiringli jaroxatlarda bogʻlam almashtirish.

13. Teri osti xosilalarning yiringli asoratlarida xirurgik  aralashuv.

 

 

  Statsionar sharoitda yordam koʻrsatish:

 

1. Gemorroidektomiy.

2. Pararektal oqma yoʻlini kesib olish.

3. Yiringli artritni ochish.

4. Toʻgʻri ichak polipini kesib olish.

5. Dumgʻaza – dum epitelial yoʻlini kesib olish.

6. Yiringli bursitni ochish.

7. Surunkali anal yormani kesib olish, toʻgʻri ichak tashqi sfinkterini

miqdoriy sfinkterotomiyasi.

8. Barcha turdagi oʻtkir paraproktitlarni  ochish.

9. Flegmona va nekroz shakldagi saramas yaligʻlanishda xirurgik davolash.

10. Qorin boʻshligʻi abssseslarini ochish.

11. Ingichka va yoʻgʻon ichak oqma va stomalarini bartaraf etish. 

12. Oyoqlar gangrenasida amputatsiya amaliyoti.

13. Oʻtkir va surunkali osteomiyelitlarda (gematogen va shikastlanishdan

keyingi) jarroxlik amaliyotlari.

14.Toʻgʻri ichak tushishida  jarroxlik amaliyoti.

15. Perisakral teratoid kistalarni kesib olish.

 

 

NEYROXIRURGIYA BOʻLIMI (INTENSIV PALATASI BILAN)

 

Neyroxirurgiya boʻlimi intensiv terapiya va reanimatsiya palatalari bilan (20 oʻrinli). Neyroxirurgiya boʻlimi OʻR QK shaxsiy tarkibi va ularning oila aʻzolari, hamda pullik xizmat asosidagi bemorlarga yuqori malakali neyroxirurgik yordam koʻrsatish hamda harbiy xizmatchilarni tibbiy guvohlantirishdan oʻtkazish, OʻR MV harbiy okruglarida joylashgan gospitallar va harbiy qism tibbiyot punktlarida neyroxirurgik yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha uslubiy rahbarlik qilishga moʻljallangan yagona ixtisoslashgan boʻlim hisoblanadi. 

 

Ambulator usulda oʻtkaziladigan tekshiruvlar va muolajalar: neyroxirurg koʻrigi, jarohatlarga birlamchi ishlov berish, ambulator davo.

 

Statsionar usulda oʻtkaziladigan tekshiruvlar va muolajalar: neyroxirurgik yordamga muxtoj bemorlarni tekshirish va davolash, amaliyotlar, konservativ davo.

 

Jarrohlik amaliyoti nomlari:

Bosh miya qon tomir kasalliklarida (AVM, anevrizma…) mikroxirurgik amaliyotlari;

Orqa miya qon tomir kasalliklarida(AVM, anevrizma…), mikroxirurgik amaliyotlari;

Bosh miya oʻsmalarida miniinvaziv va mikroxirurgik amaliyotlari;

Orqa miya oʻsmalarida miniinvaziv va mikroxirurgik amaliyotlari;

umurtqa pogʻonasi turli qismlari disk churralarida miniinvaziv va endoskopik jarrohlik amaliyotlari;

umurtqa pogʻonasi turli qismlari stenozlarida miniinvaziv va endoskopik jarrohlik amaliyotlari;

umurtqa pogʻonasi turli qismlari umurtqa listezlarida va sinishlarida TPF moslama bilan transpedikulyar mustahkamlash.

 

Yuqoridagi tekshirish va muolajalarda qoʻllaniladigan zamonaviy       tibbiy uskunalar nomlari:

  1. Operatsion mikroskop-Leica 530;
  2. Ultrazvukli dezintegrator-Cuza clarity;
  3. Bosh ushlagich va miya retraksiyasi uchun moslama (DORO- Cranial Stabilizatsion & Retractor Systems);
  4. Motorli sistema trepanatsiya uchun (kraniotom);
  5. Jarroh uchun mobil operatsion kreslo;
  6. Elektroxirurgik apparat ARC 400-BOWA-elektronik GmbH Co/RG;
  7. Spinal neyroxirurgiya uchun endoskopik sistema- Richard Vulf;
  8. Interoperatsion neyrofiziologik monitoring INOMED;
  9. Harakatlanuvchi rentgen S-yoy;
  10. Binokulyar lupa.

TRAVMATOLOGIYA VA ORTOPEDIYA BOʻLIMI

Travmatologiya va ortopediya boʻlimi OʻR QK shaxsiy tarkibi, ularning oila aʻzolari va pullik asosdagi bemorlarga travmatologik va ortopedik yordam koʻrsatish. Boʻgʻimlarda ogʻriq sindromida blokadalar va punksiyalar tashhiz qoʻyish.

 

Jarrohlik amaliyoti nomlari:

Naysimon suyaklarning sinishlari va sohta boʻgʻimlarida, tos suyaklari sinishlarida osteosintez;

Yirik boʻgʻimlar kasalliklarida endoprotezlash;

Tizza boʻgʻimi shikastlanishlari va kasalliklarida artroskopik miniinvaziv operatsiyalar;

Qoʻl va oyoq kaft soxasi shikastlanishlari va kasalliklarida osteosintezi.

Yuqoridagi tekshirish va muolajalarda qoʻllaniladigan zamonaviy tibbiy uskunalar nomlari Yirik boʻgʻimlar endoprotezlash va boʻgʻimlar artroskopiyasi

GINEKOLOGIYA BOʻLIMI

Ginekologiya boʻlimi ayollarda uchraydigan kichik chanoq sohasi jarohati va kasalliklari boʻlgan bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish. Shoshilinch va rejali jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish: laparoskop yordamida kam invaziv, endoskopik amaliyotlar va ochiq jarrohlik usuli bilan oʻtkaziladi. Ginekologik kasalliklari bor bemorlarni harbiy-tibbiy ekspertizasini oʻtkazish. Garnizon gospitallari bilan birgalikda  ginekologik kasalligi bor bemorlarga davolash  va amaliy yordam koʻrsatish.

 

Ambulator usulda oʻtkaziladigan tekshiruvlar va muolajalar:         

bimanual tekshiruv;

bachadon boʻyni koʻzguda tekshirish;

surtma olish;

kolposkopiya;

bachadon ichi vostasini olish;

bachadon ichi vostasini qoʻyish;

tashqi aʻzolarda joylashgan kandilomalarni olish.

 

Statsionar usulda oʻtkaziladigan tekshiruvlar va muolajalar:

        diagnostik gisteroskopiya;

       davolovchi gisteroskopiya;

      diagnostik laparoskopiya;

       laparoskopiya total va subtotal gisterektomiya;

       laparoskopiya miomektomiya;

       laparoskopiya: ijk, bachadon naylari oʻtishini tiklash,kistektomiya;

        abdominal bachadon ekstrapatsiyasi;

      qin orqali bachadon ekstrapatsiyasi;

abdominal bachadon superaventirikulyar amputatsiyasi;

ovarioektomiya;

sistektomiya;

tuxumdonlar rezeksiyasi;

bachadon ventrofiksatsiyasi;

konservativ miomektomiya;

rektovaginal oqmalar plastikasi;

oldi kolporrofiyasi va kolpoperineoplastika;

labioplastika;

        abort, narkoz bilan;

        bachadon boʻshligʻini tozalash;

servikal kanal polipini olish;

bartolin bezi kistasini olish;

barltolin bezi abssessini ochish;

        kichik chanoq aʻzolari yalligʻlarishi bor bemorlarni davolash;

       bepushtni davolash;

        tvt-o (stressli siydik tutolmaslik). 

Ginekologiya boʻlimida qoʻllaniladigan zamonaviy tibbiy uskunalar:

  • Kolposkop
  • Gisteroskop
  • Laparoskop

 

 

UROLOGIYA BOʻLIMI

Urologiya ixtisosligi buycha amalga oshiriladigan

yuqori texnologiyali jaroxlik amaliyotlari

 Siydik tosh kassaligida teri orqali bajariladigan (litoekstraksiya, litotripsiya) amaliyotlar.

Siydik tosh kassaligida transuretral (tabiiy yoʻllar) bajariladigan (litoekstraksiya, litotripsiya) amaliyotlar.

Siydik yoʻllari torrayish(obliteratsiya)larida (antigrad, retrograd) bajariladigan (ballon dilatatsiya, -tomiya, rezeksiya, rekanalizatsiya)  amaliyotlar.

Pastki siydik yoʻllari, prostata bezi xosilalarida transuretral bajariladigan (koagulyatsiya, rezeksiya)  amaliyotlar.

Prostata bezi xavsiz giperplaziyasida transuretral (koagulyatsiya, rezeksiya, enukliatsiya, vaporizatsiya,  ablyatsiya) amaliyotlar.

Buyrak kasalliklarida laparoskopik (retraperitoneoskopik) standart (parsial, radikal, gemi, subtotal, total) nefrektomiY.

Qorin orti (buyrak, siydik nayi) xosilarida bajariladigan (kist-, adrenal-, vezikulektomiya) laparoskopik  (retraperitoneoskopik) amaliyotlar.

Siydik tosh kassaligida laparoskopik (retraperitoneoskopik) piyelo- (uretero-, sisto-) litotomiY.

Siydik nayi strikturasi (obliteratsiya)ni bartaraf etuvchi laparoskopik (retraperitoneoskopik) rekonstruktiv amaliyotlari.

Siydik yoʻllari va prostata bezi xosilalarida (enukliatsiya, sistektomiya, prostatektomiya, sistprostatektomiya) bajariladigan laparoskopik  (retraperitoneoskopik) amaliyotlar.

Laparoskopik  (retraperitoneoskopik) usulda sunʻiy qovuq  (siydik nayi)ni  ichakdan yaratish amaliyotlar.

Buyrak tugʻma nuqsonlarda bajariladigan (taqasimon buyrak, distopiyalarida, ikkilangan buyrak, polikistoz) amaliyotlar.

Buyrak jomi siydik nayi sigmenti strikturasi (obliteratsiya)da bajariladigan rekonstruktiv amaliyotlar.

Buyrak kasaliklarda (ikkilamchi, ulchamchi, subtotal, gemi-) nefrektomiY.

Radikal (trombektomiya, maxalliy metastazlar olish, limfoadenoektomiya, bilan) nefrektomiY.

Siydik nayi strikturasi(obliteratsiya)ni bartaraf etuvchi rekonstruktiv amaliyotlar.

Siydik yoʻllari xosilalarida (enukliatsiya, kistektomiya, sistektomiya, prostatektomiya, sistprostatektomiya, penektomiya) bajariladigan amaliyotlar.

Qovuq (siydik nayi) oqmalari (jinsiy aʻzalar, ichak, qorin boʻshligʻi, oraliq soxa, teri)ni bartaraf extish amalmyotlari.

Siydik nay ogʻzini kesish va siststomiya bilan bajariladigan birlamchi (ikkilamchi) total nefrektomiY.

Uretraning striktura(obliteratsiya)sida bajariladigan (bukkal, panuretral, prostatektomik) plastik amaliyolar.

Sunʻiy qovuq (siydik nayi)ni ichakdan yaratish.

OTORINOLARINGOLOGIYA BOʻLIMI

Urush va tinchlik davrida xarbiy xizmatchilar, ularni oila aʻzolariga va fuqarolarga quloq –tomoq- burun kasalliklarida ixtisoslashgan yuqori texnologik yordam koʻrsatish.

Ambulator usulda oʻtkiziladigan tekshiruvlar va muolajalar:

  • barcha LOR aʻzolarini   oddiy, hamda  yuqor texnologik -endoskopik tekshiruvlari;
  • timpanometriy;
  • audiometriy;
  • sinusoskopiy;
  • LOR aʻzolaridagi yot jismlarni olish;
  • LOR aʻzolarini sanatsiyasi(burun yondosh boʻshliqlarni yuvish, punksiya qilish, bodomcha bezlarini yuvish,quloqlarni yuvish, ovoz boylamlariga dori joʻnatish);
  • ambulator sharoitda septoplastika(tamponsiz usulda), endoskopik gaymorotomiya, frontotomiya, etmoidotomiY. sfenoidotomiya, ovoz boylamlaridagi xavfsiz hosilalarni olib tashlash, ultrotovushli dezintegrator yordamida burun chigʻanoqlarini dezintegratsiyasi.LOR aʻzolaridagi chipqonlarni ochish, parotonzillyar abssesslarni ochish,burun suyaklari jarohatida repozitsiya qilish, trepanopunksiya qilish(peshona boʻshligʻi punksiyasi), LOR aʻzolari sohasidagi xavsiz xosilalarni olib tashlash.

Statsionar usulda oʻtkiziladigan tekshiruvlar va muolajalar:

  • burun yondosh boʻshliqlar endoskopik jarrohlik amaliyotlari;
  • burun bushligʻidagi poliplarni olib tashlash;
  • tonzilekomiya(bodomcha bezlarini olib tashlash);
  • rinoplastika;
  • tomponsiz usulda septoplastika;
  • burun chigʻanoqlarini ulrotovushli dezintegratsiyasi;
  • burun yondosh bushliqlari radikal jarrohlik amaliyotlari;
  • ovoz boylamlaridagi xavfsiz oʻsmalarni olib tashlash;
  • palatoplastika(xurrakni yoʻqotish);
  • adenotomiy;
  • eshitishni pasayishi bilan kechuvchi kasaliklarni davolash(oʻtkir va surunkali koxlear nevritlarni davolash, tubotitlarni davolash);
  • oʻtkir va surunkali barcha lor somatik kasaliklarini davolash;
  • nogʻora parda jarohatli yirtilishlarini davolash (barotravma);
  • traxestomiya jarrohlik amaliyoti;
  • Otoplastika (quloq suprasi plastikasi);
  • burun suyaklari jarohatida repozitsiya qilish;
  • barcha LOR aʻzolari  jarohatlarida ixtisoslashgan yordam koʻrsatish.

 

Yuqoridagi tekshirish va muolajalarda qoʻllanilinadigan zamonaviy tibbiy uskunalar nomi

  • Germaniya Federativ Respublikasida ishlab chiqarilgan “ATMOS” LOR kombayni.
  •  
  •  
  •  
  • Karl Storz endovideostoykasi.
  • Sheyver sistemasi.
  • LOR mikroskop.
  •  
  • LORA- DON ultrotovushli dezintegratori.

 OFTALMOLOGIYA VA KOʻZ MIKROXIRURGIYASI BOʻLIMI

Boʻlim vazifasi – tinchlik va urush davrida koʻz jaroxatlari va kasalliklarida iqtisoslashtirilgan oftalmologik yordam koʻrsatish(xarbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari, QK nafaqaxoʻrlari va ularning oila aʻzolari) va ularni tibbiy guvoxlantirish. Garnizon  gospitallariga, poliklinikalarga xamda tibbiyot punktlariga oftalmologiya yoʻnalishida amaliy yordam koʻrsatish. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi fuqorolariga pullik xizmat koʻrsatish joriy etilgan.

Boʻlimda  quyidagi tekshiruvlar oʻtkaziladi:

* vizometriya (koʻrish oʻtkirligini aniqlash);

*exo biometriya (A-skan – koʻz olmasi oʻlchamlarini aniqlash);

*keratopaximetriya (shoh parda qalinligini aniqlash);

*oftalmoskopiya (koʻz tubini  koʻrish);

*avtorefraktometriya ( kompyuterda koʻz refraksiyasini aniqash), skiaskopiya;

*tonometriya (koʻz ichki bosimini Maklakov usuli va koʻzga tegmay  oʻlchash);

*biomikroskopiya, gonioskopiya (koʻzni  mikroskopda tekshirish).

Boʻlimda  quyidagi muolaja  va jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi:

* uzoqni koʻrmaslik, yaqinni koʻrmaslik, astigmatizm va  oʻqish uchun koʻzoynak tanlash;

*koʻz yoshi yoʻllarini yuvish;

*koʻz olmasi atrofiga va   konyunktiva ostiga dori yuborish;

*qovoq kasalliklarida turli operatsiyalar (ateroma, xalazion,  ksantelazma va  oʻsmalarni olib tashlash, yiringli kasalliklarni yorish, qovoqninig ichkariga, tashqariga qayirilishini, kipriklar notoʻgʻri oʻsishini toʻgʻirlash );

* pterigiumni (koʻzga et tushishini) olib  tashlash;

* qaytalovchi pterigiumni plastika usulida olib  tashlash;

* kataraktani olib tashlash operatsiyalari (kataraktani tonnel ekstraksiya usulda olib sunʻiy gavhar qoʻyish;

* glaukomani  operatsiya  qilish (chuqur  sklerektomiya,  koʻz ichki boʻshligʻiga kirib bormaydigan chuqur  sklerektomiya);

* koʻrish aʻzosi  jarohatlarida birlamchi jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;

* bundan tashqari koʻrish aʻzosining turli kasalliklarini konservativ usulda (operatsiyasiz) davolash (konyunktivit, keratit, iridotsiklit, katarakta, shishasimon tana xiralanishi, xorioretinit, toʻr parda  distrofiyasi,  miopiya-uzoqni koʻrmaslik, gipermetropiya-yaqinni koʻrmaslik,  astigmatizm, gʻilaylik, koʻruv nervi atrofiyasi, glaukoma, koʻz kuyishi va jarohatlari,  toʻr parda va koʻruv nervi qon tomirlari kasalliklari va boshqalar).

Boʻlim zamonaviy apparatlar, jihozlar, lazer apparatlari va asbob uskunalar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan. Yangi bino ochilgandan soʻng zamonaviy tekshirish usullari (ultra tovush tekshiruvi, optik kogerent tomografiya, kompyuter perimetriya) va davolash usullari (katraktani fakoemulsifikatsiya usulida olib sunʻiy gavhar qoʻyish, ikkilamchi kataraktani lazerdissiziyasi, vitrektomiya, amaliyotga tatbiq qilinishi rejalashtirilgan. Barcha asbob uskunalar jaxon standartiga javob beradigan xolda brend maxsulotlar boʻlib Yaponiya,  AQSH, Germaniya, Xitoy, Shvetsariya, Kanadadan   olib kelinishi rejalashtirilgan.

YUZ-JAGʻ XIRURGIYASI BOʻLIMI

 Boʻlim tinchlik va urush paytida yuz-jagʻ soxalaridagi jarohat va kasalliklari boʻlgan bemorlarga (OʻR MV harbiy xizmatchilari, OʻR MV nafaqahoʻrlari va ularning oila aʻzolari, xamda fuqarolarga) yuqori malakali tibbiy yordamni koʻrsatish, harbiy xizmatchilarni tibbiy guvohlantirishdan oʻtkazish.

Ambulator usulda oʻtkaziladigan jarrohlik amaliyotlari –

yuqori jagʻ tishini olish;

pastki jagʻ tishini olish;

sakkizinsi murakkab tishlarni olish;

tish ildizi uchi rezeksiyasi;

10 sm gacha boʻlgan chandiqlarni kesish;

sistektomiya (kichik xajmdagi kistalarni olish);

tish katsakchasi plastikasi;

rexeyoloplastika;

yuqori qovoqlar plastikasi;

pastki qovoqlar plastikasi;

otoplastika;

broulifting;

       barcha terapevtik stomatologik muolajalar

Statsionar usulda oʻtkaziladigan jarrohlik amaliyotlari –

yuz va boʻyin soxalaridagi xavfsiz oʻsmalarni olish;

yumshoq toʻqimalar oʻsmalarini olish;

suyak toʻqimalar oʻsmalarini olish;

sistektomiya;

suyak plastika operatsiyalari (yonoqda, koʻz kosasida, peshona va jagʻ suyaklarida);

radikal gaymorotomiya;

radikal gaymorotomiya tish katakchasi plastikasi bilan;

sekvestrektomiya;

yuz-jagʻ suyaklari singanida ochiq usuldagi osteosintezi;

rinoplastika;

feyslifting;

liposaksiya (yuz, doxan osti, koʻkrak, qorin va bel soxalari);

abdominoplastika;

mammaplastika

jarohat va kuyishdan keyingi deformatsiyalar;

ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATSIYA BOʻLIMI

Boʻlim ogʻir va oʻta ogʻir ahvoldagi bemorlar va jarohatlanganlarga yuqori malakali shoshilinch va reanimatsion tibbiy yordam koʻrsatish, intensiv davolash, amaliyotlarda umumiy va mahalliy anesteziyalarning barcha usullarini qoʻllagan holda ogʻriqsizlantirish, amaliyotlardan keyingi davrda bemorlar intensiv davolash;

 

Boʻlim quyidagi yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega:

– bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish;

– bemorlarga reanimatsion yordam koʻrsatish;

– ogʻir bemorlarga jadal davo oʻtkazish;

– amaliyotlardan keyingi davrda bemorlarga jadal davo oʻtkazish;

– umumiy endotraxeal anesteziya oʻtkazish;

– vena ichi anesteziyasini oʻtkazish;

– spinal (orqa miya ) va epidural anesteziyasini oʻtkazish;

– markaziy qon tomirlariga kateter oʻrnatish.

 

Boʻlimda bemorlarga yuqori malakali shoshilinch va reanimsion tibbiy yordam amalga oshirilishi uchun barcha zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar mavjud: markazlashgan tibbiy gazlar manbaiga ulangan tibbiy konsollar, bemor organizmi faoliyatini doimo nazorat qilish uchun monitorlar, zamonaviy sunʻiy nafas berish apparatlari, davolanish jarayonida bemorlar uchun qulay koʻp funksiyali krovatlar va h.k

MXKG MARKAZIY OPERATSIYA BOʻLIMI

 Boʻlimni oʻtkaziladigan amaliyotlarga tayyorlash

Yuqoridagi tekshirish va muolajalarda qoʻllaniladigan zamonaviy tibbiy uskunalar nomi:

  1. Innova IQ 530 angiogrf;
  2. Suniy qon aylanish aparati StokertS5 Germaniya:
  3. AST taymer Signature Elite (WERFEN, USA) Germaniya:

4.     Tashkari ikki kamerali kardiostimulyator 203H (OSYPKA, Germany):

5.     Autotransfuziya apparati XTRA (LivaNova, Germany):

6.     Ekstrakorporal membran oksigenatsii apparati (LivaNova, Germany):

7.     Aorta-ichi ballon kontrpulsator AutoCAT 3 (AC3) Optimus:

  1. Shvetsariyani Leica 530:
  2. Ultratovush dezintegrator (Cuza Clarity Integra):
  3. Elektroxirurgik apparat ARC 400-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-Germaniya:
  4. Elektroxirurgik apparat ARC 350-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-Germaniya:
  5. Elektroxirurgik apparat ARC 100-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-Germaniya:
  6. Neyrixirurgik endoskopik tizimi (orka miya xirurgiyasi uchun) (RiwoSpine, Germaniya):
  7. Intraoperatsion neyromonitoring va kartirlash apparati Inomed:
  8. Abdominal xirurgiya uchun endoskopik tizimi (Karl Storz):
  9. Buyrak, yukorigi va pastgi siydik yullarida endoskopik kam invaziv jarroxlik amaliyotlarini oʻtkazish uchun endoskopik tizim (Karl Storz);
  10. Zarba-tulkinli ekstrakorporal litotripsiya utkazish uchun tizim (Dornie):
  11. 4K video-kullash bilan transabdominal va retroperitoneal endoskopik jarroxlik amaliyotlarini utkazish uchun endoskopik tizim (Karl Storz):
  12. Gisteroskopik tizim(Karl Storz)
  13. Artroskopik tizim(Karl Storz)
  14. Laparoskopik tizim (Karl Storz)
  15. Italiya Laminar Air Flow
  16. Kardiomonitor (Amerika)

 

MXKG markaziy operatsiya boʻlimi  yuqori texnologiyali barcha tibbiy jixozlar bilan taʻminlangan boʻlib, bu bemorda bajariladigan barcha amaliyotlarni ishonchli (kam invaziv) yoʻl bilan oʻtkazishga imkon beradi.

MXKG Markaziy operatsiya boʻlimi bir vaqtni oʻzida 10 ta jarroxlik amaliyoti oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib barcha amaliyot xonalariga Italiyani Laminar Air Flow ustanovkasi oʻrnatilgan boʻlib doimiy tarzda sterillingan xavo bilan taʻminlaydi. Barcha jarroxlik xonalariga 5 xil turdagi gaz Chexiyani MZ Liberec kompaniyasining xirurgik va anisteziologik konsollariga ulangan.

 

Neyroxirurgiya amaliyot xonasi. Bosh miya va umurtqa pogʻonasidagi barcha jarroxlik amaliyotlarni oʻtkazishga muljallangan zamonaviy Shvetsariyani Leica 530, Ultrazvukli dezintegratori (Cuza Clarity Integra), Elektroxirurgik apparat ARC 400-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-Germaniya, Endoskopik tizim (orqa miya xirurgiyasi uchun)  neyroxirurgiya uchun (Endoscopic system) (for spinal surgery) (RiwoSpine, Germaniya), Intraoperatsionniy neyromonitoring i kartirovaniye Inomed. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

 

  • Rentgenendovaskulyar amaliyot xonasi. Zamonaviy Innova IQ 530 angiografi oʻrnatilgan boʻlib barcha turdagi angiografik amaliyotlar oʻtkaziladi. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomonitor (Amerika)
Kardiojarroxlik amaliyot xonasi.  Amaliyot xonasiga  eng zamonaviy kardiojarroxlik uskunalar suniy qon aylanish aparati Stokert S5 Germaniya, AST taymer Signature Elite (WERFEN, USA) Germaniya, Tashqi 2 kamerali kardiostimulyator 203H (OSYPKA, Germany), Autotransfuziya apparati XTRA (LivaNova, Germany), Apparat ekstrakorporalnoy membrannoy oksigenatsii (LivaNova, Germany), Vnutriaortalniy ballonniy kontrpulsator AutoCAT 3 (AC3) Optimus. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

Uralogiya amaliyot xonasi. Endoskopk tizim (Karl Storz) sistroskopiya uchun. Buyrak, yukorigi va pastgi siydik yullarida endoskopik kam invaziv jarroxlik amaliyotlarini oʻtkazish uchun endoskopik tizim (Karl Storz);.

Zarba-tulkinli ekstrakorporal litotripsiya utkazish uchun tizim (Dornie):

4K video-kullash bilan transabdominal va retroperitoneal endoskopik jarroxlik amaliyotlarini utkazish uchun endoskopik tizim (Karl Storz):

Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

 

Ginekologiya amaliyot xonasi. Gisteroskopk tizim (Karl Storz) GermaniY. Laparoskopicheskaya stoyka (Karl Storz) GermaniY. Ginekologicheskoye kreslo schmitz GermaniY. Elektroxirurgik apparat ARC 400-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-GermaniY. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

 

Abdominal amaliyot xonasi. Laparoskopik tizim (Karl Storz). Elektroxirurgik apparat ARC 350-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-GermaniY. Nafas-narkoz apparati at DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

 

Travmatologik amaliyot xonasi. Artroskopicheskaya tizim (Karl Storz). Elektroxirurgik apparat ARC 350-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-GermaniY. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

 

Torakal jarroxlik xonasi. Laparoskopik tizim (Karl Storz). Elektroxirurgik apparat ARC 350-BOWA-elektronik GmbH Co/RG-GermaniY. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomonitor (Amerika)

 

Oftolmologik jarroxlik xonasi. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika)

 

Qon tomir jarroxlik xonasi. Nafas-narkoz apparati DATRX Ohmeda S/ Avance. Kardiomanitor (Amerika).

INTENSIV TERAPIYA BOʻLIMI

 Intensiv terapiya boʻlimida barcha oʻtkir va ogʻir terapevtik kasalliklar bilan kasallangan bemorlar, shuningdek  parvarishga muhtoj bemorlar davolanadi.

Boʻlimda ish faoliyatini taʻminlash maqsadida boʻlim zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʻminlangan – kardiomanitorlar, markazlashtirilgan kislorod taʻminoti, funksional krovatlar, EKG, UTT, harakatdagi rentgen apparatlari, Suniy oʻpka ventilyatsiyasi apparatlari, defibrillyatorlar, EXOKG va boshqa tibbiy uskunalar mavjud.  Intensiv davolash boʻlimi oʻtkir terapevtik kasalliklarga yaʻni – miokard infarkti, paroksizmal yurak ritmi boʻzilishlari, oʻtkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, oʻtkir allergik reaksiyalar, astmatik status, har xil genezdagi zaharlanishlar, jigar sirrozining dekompensatsiya bosqichi, buyrak yetishmovchiligi va miya qon aylanishining oʻtkir boʻzilishi kabi kasalliklarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan.

KARDIOREVMATOLOGIYA BOʻLIMI 

Boʻlim yurak qon tomir tizimi kasaliklari va revmatologik kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarni davolash, tashxislash hamda ixtisoslashgan mutaxassislik yordamini koʻrsatish uchun moʻljallangan.

Boʻlimda bemorlarga tashxis qoʻyishda EKG, EKGstress sinamalar, EKGmedikamentli sinamalar, VEM-sinama, tredmil test, MSKTkoronarangiografiya, selektiv koronarografiya, EKG sutkalik Xolter boʻyicha monitoringi kabi tekshiruv usullaridan keng foydalaniladi. Har bir bemorga aniq tashxis qoʻyilib keyin davo muolajalari olib boriladi. Kasallikning kechishi uning asoratlari haqida har bir bemorga individual tartibda tushuncha berib boriladi. Bemorlarni davolashda Yevropa, Rossiya vaOʻzbekiston kardiologlari tomonidan ishlab chiqilgan isbotlangan tibbiyot boʻyicha tavsiyanomalar  qoʻllanma sifatida ishlatiladi.

PULMONOLOGIYA VA ENDOKRINOLOGIYA BOʻLIMI

 Pulmonologiya va  endokrinologiya boʻlimi nafas tizimi aʻzolari kasalliklari, endokrin tizimi kasalliklari hamda buyrakkasalliklari  bilan ogʻrigan bemorlarga yuqori malakali yordam koʻrsatadi.

Boʻlimda quyidagi nozologik guruhdagi bemorlarga yordam koʻrsatiladi:

Nafas aʻzolari kasalliklari – bronxial astma, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, bronxoyektatik kasalliklar, zotiljamlar, oʻtkir va surunkali bronxitlar, nafas tizimi allergik kasalliklari.

Endokrin tizimi kasalliklari – qandli diabetlar, tireotoksikoz, gipotireoz, qalqonsimon bez autoimmun kasalliklari, metabolik sindrom, gipofizning garmonal buzilishlari, qandsiz diabet.

Buyrak kasalliklari – oʻtkir va surunkali glomerulonefritlar, diabetik nefropatiyalar, surunkali buyrak kasalliklari.

GASTROENTEROLOGIYA BOʻLIMI

 Gastroenterologiya boʻlimi oshqozon, ichak va jigar kasalliklar bilan kasal bemorlarga ixtisoslashgan tibbiy yordam berish uchun moʻljallangan.

         Gastroyenterologiya boʻlimida quyidagi kasalliklar davolanadi – ezofagitlar, gastroezofageal refluks kasalligi, surunkali gastrit, surunkali atrofik boʻlmagan gastrit, surunkali autoimmun gastrit, oshqozon va oʻnikki barmoqli ichak yara kasalliklari, oshqozon va oʻnikki barmoqli ichak yara kasalliklari va yaradan qon ketish asoratlari, surunkali xolesistitlar, oʻt yoʻllari diskneziyasi, xolangitlar, surunkali aniqlanmagan gepatitlar, reaktiv gepatitlar, jigar sirrozi, surunkali pankreatitlar, ichaklar taʻsirlanish sindromlari, ingichka ichak surunkali kasalliklari, Kron kasalligi, allergik va alimentar gastroyenteritlar, yoʻgʻon ichak kasalliklari, nospesifik yarali kolit, surunkali kolitlar, ichak dizbakteriozi, oʻtkazilgan reaktiv gepatit va pankreatitdan keyin bemorlarni reabilitatsiyasi,  diyetoterapiya.

MARKAZIY ASAB TIZIMI KASALLIKLARI BOʻLIMI

Markaziy asab tizimi kasalliklari boʻlimida quyidagi asosiy yoʻnalishlarda malakali tibbiy yordam koʻrsatiladi – bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam koʻrsatish, erta reabilitatsiya tadbirlarini qoʻllash,  serebrovaskulyar kasalliklar, asab tizimining toksik zararlanishlari, demiyelinizatsiyalovchi kasalliklar, asab tizimi jarohatlarining asoratlari, neyroinfeksiya asoratlari,  epilepsiya, asab tizimi degenerativ patologiyasi, vegetativ asab tizimi kasalliklari.

PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLIKLARI BOʻLIMI

Periferik asab tizimi kasalliklari boʻlimida quyidagi asosiy yoʻnalishlarda malakali tibbiy yordam koʻrsatiladi –  periferik asab tizimi patologiyalarini davolash ishlarini tashkil qilish, ixtisoslashtirilgan  nevrologik yordam koʻrsatish,  erta reabilitatsiya tadbirlarini qoʻllash, vertebro-nevrologik patologiyalarni davolash, asab tizimining toksik zararlanishlari, demiyelinizatsiyalovchi kasalliklar, periferik asab tizimi jarohatlarining asoratlari, neyroinfeksiya asoratlari,  asab tizimi degenerativ patologiyasi, davolovchi blokadalar (parvertebral, sakral, paranevral), periferik asab tizimi kaslliklarida tortish (BTL apparatida).

PSIXIATRIYA BOʻLIMI

Psixiatriya boʻlimida bemorlarga yuqori malakali psixiatrik patologiyalarini davolash va reabilitatsiya qilish, boʻyicha moʻljallangan ixtisoslashgan boʻlim hisoblanadi.

Psixiatriya boʻlimida hozirgi vaqtda quyidagi davolash ishlari amalga oshiriladi – psixologik tuzatish, sensorli vosita terapiyasi, AVA terapiya (amaliyxulq-atvornitahlilqilish), PECS  kartalaridan foydalanadigan alternativ aloqa tizimi, TEASSN dasturi boʻyicha tuzatish usullari, ijtimoiy moslashuv tarkibiy qismlarini shakllantirish, nutq kamchiliklarini tuzatish, diyetoterapiya, psixopatiyalar, isteriyalar, psixozlar, depressiyalar, suitsid holatlari davolanadi.

DERMATOVENEROLOGIYA VA KOSMETOLOGIYA BOʻLIMI

Boʻlimning asosiy yoʻnalishlari – venerologik patologiyalar, terining virusli kasalliklari, toksik yalligʻlanishlar, turli koʻrinishdagi dermatitlar (oʻtkir, surunkali),  naslga bogʻliq surunkali dermatozlar,  davolanishga murakkab yondashuvchi surunkali kasalliklar (ekzema, psoriaz, atopik dermatlar, bullali dermatitlar), venerik infeksiyalar asoratlari, barcha turdagi zamburugʻli kasalliklar, soch kasalliklari,  tirnoq kasalliklari

Katta ordinator – tibbiy xizmat mayori, birinchi toifali shifokor, 10 yillik ish faoliyatiga ega Tashmatova Nargiza Baxodirovna. U Germaniya Federativ Respublikasi  bundesveri Ulm, Baden, Vyurttenburg shaharlarida dermatovenerologiya, dermatokosmetologiya va dermatoxirurgiya sikli boʻyicha malaka oshirgan. 

UCHUVCHILAR EKSPERTIZASI MARKAZI

Uchuvchilar ekspertizasi markazi – uchuvchilarni, muhandis-texniklarni, ekipajning boshqa aʻzolarini, parvoz boshqaruvchilarni, uchuvchisiz uchish apparati boʻlinmalarining uchuvchi operatorlarini, parashutchilarni, OʻROHABY kursantlarini va unga kirmoqchi boʻlgan nomzodlarni aviatsiya turlariga qarab, aviatsiya talablariga koʻra salomatlik holatining mos kelishini statsionar va ambulator tarzda aniqlash uchun moʻljallangandir. Bundan tashqari, markazda uchuvchilarni davolash-profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarini bajarilishini tizimli tibbiy nazoratga olish va parvozlar xavfsizligining tibbiy taʻminotini tashkillashtirish boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatiladi.

YUQUMLI KASALLIKLAR BOʻLIMLARI

QABUL QILISH BOʻLIMI (YUQUMLI KASALLIKLAR)

Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga, ularning oila aʻzolariga, fuqarolarga va chet ellik mehmonlarda  yuqumli kasalliklarini aniqlash, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish va ularni nozologiya boʻyicha boʻlimlarga joylashtirish uchun moʻljallangan.

Yuqumli kasalliklar qabul boʻlimida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

Oʻtkir yuqumli kasalliklarni aniqlash, ularga shoshilinch yordam koʻrsatish va kerakli tekshiruvlarni oʻtkazish;

Oʻtkir yuqumli bakterial ichak kasalliklarini aniqlash va nozologiya boʻyicha boʻlimlarga joylashtirish;

Oʻtkir yuqumli virusli ichak kasalliklari aniqlash va nozologiya boʻyicha boʻlimlarga joylashtirish;

Protazoy va ichak gelmintoz kasalliklari aniqlash va nozologiya boʻyicha boʻlimlarga joylashtirish;

Havo-tomchi infeksiyalarini aniqlash va nozologiya boʻyicha boʻlimlarga joylashtirish;

Boʻlimning yuqori malakali shifokorlari, harbiy xizmatchilar va aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi pandemiyasini bartaraf etishda (2019-2022-yillarda) ishtirok etishdi.

Boʻlimda bemorlarga tez va aniq tashxis qoʻyish uchun zamonaviy statsionar rentgen apparat, UTT, EKG va boshqa tibbiy uskunalar mavjud.

Boʻlimda shuningdek yuqumli kasalligi bor bemorlarga stomatologik yordam koʻrsatish va ularning ogʻiz boʻshligʻini sanatsiyasi uchun  zamonaviy stomatologik uskunali alohida kabinet mavjud.

 

YUQUMLI KASALLIKLAR BOʻLIMI (intensiv terapiya bemorxonasi bilan)

Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga, ularning oila aʻzolariga, fuqarolarga va chet ellik mehmonlarga  turli yuqumli kasalliklar va ularning ogʻir shakllari bilan kasallanganda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan.

Boʻlim ogʻir yuqumli kasalliklari mavjud boʻlgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi, shu jumladan:

Virusli gepatitning ogʻir shakllarini tashxislash va davolash;

Koronavirus infeksiyasi va uning asoratlari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolash;

Ichak infeksiyasining ogʻir shakllarini davolash;

Havo orqali yuqadigan infeksiyaning ogʻir shakllarini davolash;

 

Yuqumli kasalliklar (intensiv terapiya bemorxonasi bilan) boʻlimi favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalarda, pandemiyalarda yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishda yetarli tajribaga ega.

Boʻlimning yuqori malakali shifokorlari, harbiy xizmatchilar va aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi pandemiyasini bartaraf etishda (2019-2022-yillarda) ishtirok etib, koronavirus infeksiyasi hamda ularni erta aniqlash va zamonaviy usullar bilan davolash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda;

Boʻlim Mudofaa vazirligi uchun malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan markaziy oʻquv bazasi hisoblanadi.

Kafedra shifokorlari har yili xorijiy davlatlarda (Rossiya, Yevropa, AQSH va h.k.) oʻtkaziladigan ilmiy kengashlar, oʻquv jarayonlarida ishtirok etib, tajriba almashib, amaliyotga tatbiq etadilar.

YUQUMLI KASALLIKLAR BOʻLIMI

(ichak va OIV infeksiyasi kasallari uchun bemorxonasi bilan) Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga, ularning oila aʻzolariga, fuqarolarga va chet ellik mehmonlarga  ichak va OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan.

Yuqumli kasalliklar (ichak va OIV infeksiyasi kasallari uchun bemorxonasi bilan) boʻlimida ichak va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatadi, shu jumladan:

Oʻtkir yuqumli bakterial ichak kasalliklari (salmonelyoz, dizenteriya, esherixioz, iyersinoz, tif paratif kasalligi..,);

Oʻtkir yuqumli virusli ichak kasalliklari (enterovirus, reovirus, rotavirus, adenovirus..,);

Protazoy va ichak gelmintoz kasalliklari (amyoba, lyambliya, balantidoz, askarida, geminolipidoz, tenioz, teniarinxoz, enterobioz..,)

OIV infeksiyasi va uning asoratlari.

Oʻtkir va surunkali virusli gepatitlar;

Boshqa bakterial kasalliklar (saramas, bruselyoz..,).

Boʻlimning tibbiyot xodimlari yuqumli ichak patologiyasi bilan ogʻrigan bemorlarni, shuningdek, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashda yetarli tajribaga ega.

FTIZIATRIYA BOʻLIMI

Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga, ularning oila aʻzolariga, fuqarolarga va chet ellik mehmonlarga  oʻpka va oʻpkadan tashqari sil kasalligining silga qarshi dorilarga sezgir shakllariga  ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi. Shuningdek fuqarolar orasida sil kasalligi tarqalishiga qarshi profilaktik tadbirlar tashkil etadi.

Boʻlim sil kasalligi mavjud boʻlgan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatadi, shu jumladan:

Nafas olish aʻzolari patologiyasi va sil kasalligi boʻlgan bemorlarni faol aniqlash;

Nafas yoʻllarining sil kasalligi (miliar, tarqalgan, oʻchoqli, yalligʻlangan, kavernoz, fibroz-kavernoz, plevrit va boshqalar);

Boshqa aʻzo va tizimlar sili (markaziy asab tizimi, ichak limfa tugunlari, qorin pardasi va tutqich, suyak-boʻgʻimlar, siydik va jinsiy aʻzolar, teri va teri osti yogʻ qavatlari, koʻz va shox parda sili, periferik limfa tugunlari sili);

Ftiziatriya boʻlimi favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalarda, pandemiyalarda yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishda yetarli tajribaga ega.

Boʻlimning yuqori malakali shifokorlari, harbiy xizmatchilar va aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi pandemiyasini bartaraf etishda (2019-2022-yillarda) ishtirok etishda faol ishtirok etdi.

YUQUMLI KASALLIKLAR BOʻLIMI (HAVO-TOMCHI INFEKSIYASI)

       Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga, ularning oila aʻzolariga, fuqarolarga va chet ellik mehmonlarga  havo-tomchi yoʻli orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan.

Yuqumli kasalliklar (havo-tomchi infeksiyasi) boʻlimida havo-tomchi yoʻli orqali yuqadigan yuqumli kasalliklari mavjud boʻlgan bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatadi, shu jumladan:

Oʻtkir respirator virusli kasalliklar (koronavirus, adenovirus, respiratorno-sinsitial virus, rinovirus, gripp..,);

Ekzantema bilan kechuvchi kasalliklar (qizamiq, qizilcha, skarlatina, suvchechak, gerpetik infeksiY..,);

Oʻtkir virusli kasalliklar (epidparotit, infeksion mononukleoz..,);

Oʻtkir bakterial infeksiyalar (stafilokokk, streptokokk, difteriya, koʻk yoʻtal..,);

Boshqa turdagi yuqumli havo-tomchi infeksion kasalliklarni davolash.

BOSHQA BOʻLIMLARIMIZ

FIZIOTERAPIYA BOʻLIMI

Fizioterapiya boʻlimi CVCG ning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, malakali fizioterapiya yordamini koʻrsatishga moʻljallangan.

Markaziy harbiy klinik gospital koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasidir, shuning uchun fizioterapiya yordami hajmi jarrohlik va terapevtik profilning barcha mavjud turlarini qamrab oladi.

FIZIOTERAPİYA –bu kasalliklarni davolash va oldini olish, tanani qattiqlashtiruvchi samarali vositadir. Qoidaga koʻra, fizioterapiya davolash (FTL) davolashning asosiy kompleksiga qoʻshimcha ravishda buyuriladi, lekin u ham mustaqil boʻlishi mumkin.

CVCG ning fizioterapiya boʻlimida reabilitatsiya terapiyasining asosiy printsipi zamonaviy texnologiyalar va usullardan foydalangan holda individual yondashuvdir.

FTL afzalliklari:

Terapevtik taʻsir usullarini sezilarli darajada kengaytiradi;

Davolash vaqtining qisqarishi;

Allergiya va dorivor kasallik yuzaga kelmaydi;

Koʻpgina dorivor moddalarning taʻsiri kuchayadi;

Giyohvand moddalarga qaramlik yoʻq (fizioterapiyaning giyohvand moddalarni suiisteʻmol qilish xavfsizligi);

Boshqa organlar va toʻqimalarga nojoʻya taʻsir koʻrsatmaydi;

Engil ogʻriqsiz terapevtik taʻsirlar mavjud;

Terapevtik taʻsirning invaziv boʻlmagan usullari qoʻllaniladi;

Surunkali kasalliklarning uzoqroq remissiya davri mavjud.

Fizioterapevtik muolajalar turlari: 

Zamonaviy jihozlarning mavjudligi fizioterapiyaning quyidagi turlarini taʻminlaydi:

Dorivor moddalarning galvanizatsiyasi va elektroforezi;

Pulse elektroterapiya (elektr uyqu terapiyasi, transkranial elektroterapiya, diadinamik terapiya);

Past chastotali elektroterapiya (analjezik rejimda qoʻllaniladigan amplipuls va interferentsiya terapiyasi, shuningdek, siydik yoʻlidagi toshlarni chiqarish usuli bilan);

elektr stimulyatsiyasi;

Darsonvalizatsiya;

Franklinizatsiya;

Ultratonoterapiya;

Past chastotali magnitoterapiya;

Ultra yuqori chastotali magnitoterapiya;

Mikrotoʻlqinli elektroterapiya;

Fototerapiya (infraqizil nurlanish, ultrabinafsha nurlanish);

lazer terapiyasi;

Pressoterapiya (limfa drenaji);

ultratovush terapiyasi;

Aerozol terapiyasi;

Parafin va ozokeritoterapiya;

“Marvarid” va aromatik vannalar, gidromassajli vannalar, dush kabi gidroterapiya turlari alohida oʻrin egallaydi (aylana, Charcot, koʻtarilish);

 

Klassik tibbiy massaj:

Mechanomasaj;

Gidromassaj.

 

Kompleks davolashda fizioterapiya bilan bir qatorda fizioterapiya mashqlari, shuningdek, insult, miokard infarkti bilan kasallangan bemorlar, shuningdek, neyroxirurgiya va travma boʻlimlari bemorlarining tiklanish davrida katta ahamiyatga ega boʻlgan robotli mexanoterapiya buyuriladi.

Fizioterapiya uchun koʻrsatmalar:

Markaziy va periferik asab tizimining kasalliklari (osteoxondroz, nevrit, nevralgiya va boshqalar);

Tayanch-harakat tizimi kasalliklari (artrit, artrit, tovon shpallari, suyak sinishi va boshqalar);

KBB aʻzolarining kasalliklari (rinit, sinusit, otitis media, sensorinöral eshitish halokati va boshqalar);

Ginekologik kasalliklar (salpingit, oophorit, operatsiyadan keyin tiklanish va boshqalar) va urologik (prostatit, sistit, Peyronie kasalligi va boshqalar) hududlari;

Koʻz kasalliklari (uveit, miyopi, konʻyunktivit va boshqalar);

Ichki organlarning kasalliklari (bronxit, pnevmoniya, arterial gipertenziya, gastrit, oshqozon yarasi, kolit, xoletsistit va boshqalar).

Fizioterapiya muolajasini tayinlash tartibi

Davolovchi shifokor bemorni fizioterapiyaga yoʻnaltiradi, ammo FTLning oʻziga xos turi, uning optimalligi, hajmi, ketma-ketligi va protseduralar soni fizioterapevt tomonidan belgilanadi, u nafaqat FTL uchun koʻrsatmalarni belgilaydi, balki, eng muhimi, kontrendikatsiyalarni hisobga oladi. fizioterapevtik muolajalar va ularning har bir bemor uchun xavfsizligi.

Davolashning oʻrtacha kursi – har kuni yoki har kuni amalga oshiriladigan 10 protsedura.

Bemor esda tutishi kerakki, jismoniy davolash usullari asosiy dori terapiyasini almashtirmaydi, balki toʻldiradi!

DIAGNOSTIKA MARKAZI – TIBBIY RADIOLOGIYA BOʻLINMASI

shoshilinch va rejali holatlarda bemorlarga rentgenologik (rentgen, MSKT) va MRT tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish;

qorin boʻshligʻi aʻzolari oʻtkir jarrohlik kasalliklari rentgenologik va ultratovush diagnostikasi;

buyraklar va siydik yoʻllari (ekskretor urografiya);

koʻkrak qafasi aʻzolari jarohatlanishlarida rentgenologik va ultratovush diagnostikasi;

suyak-mushak tizimi kasalliklariga radiologik tashxi kuyish;

umurtqa pogʻonasi qiyshayishi va yassioyoqlilik rentgenometriyasi;

qiziloʻngach, oshqozon, 12 barmoqli ichak rentgenoskopiyasi, ichak passaji;

oʻpka kasalliklarini rentgenologik va MSKT tekshirish;

umurtqa pogʻonasi degenerativ va travmatik oʻzgarishlarini rentgenologik, MSKT va MRT tekshirish;

markaziy asab tizimi kasalliklarini MRT tekshiruvi yordamida tashxislash;

mr-angiografik tekshiruvlar utkazish;

oʻpka arteriyalari tromboemboliyasida MSKT-angiografiya;

jigar patologiyalarida uch fazali MSKT-angiografiya;

ekstrakranial arteriyalar MSKT angiografiyasi;

intrakranial arteriyalar MSKT angiografiyasi;

Barcha turdagi rentgenologik tekshirishlar, MSKT va MRT tekshirishlari boʻyicha yetarli darajada tajribaga ega.

LABORATORIYA BOʻLIMI 

Nomi (toʻliq): Laboratoriya boʻlimi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitali laboratoriya boʻlimi 3 ta alohida boʻlinmadan tashkil topgan:

laboratoriya boʻlinmasi;

tibbiy laboratoriya (ekspress diagnostika);

infeksion immunologik laboratoriya (OITS laboratoriyasi bilan).

Vazifasi: Laboratoriya boʻlimi OʻR QK shaxsiy tarkibi, nafaqadagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari, hamda pullik xizmat asosidagi bemorlarga yuqori malakali laborator yordam koʻrsatish, OʻR MV harbiy okruglarida joylashgan gospitallar va harbiy qism tibbiyot punktlarida laborator yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha uslubiy rahbarlik qilishga moʻljallangan. 

 

Oʻtkaziladigan laboratoriya tahlillari:

umumiy klinik,

biokimyoviy,

bakteriologik,

serologik,

sitologik,

gematologik,

immunoferment,

immunoximiyaviy,

PZR,

immunologik tahlillar,

bundan tashqari OIV va gepatitning tezkor tahlillar.

 

Laboratoriya boʻlimi ish jarayonida quyidagi zamonaviy laboratoriya apparatlardan foydalaniladi:

  1. Avtomatik gematologik analizator;
  2. avtomatik biokimyoviy analizator;
  3. immunoferment analizator – 50 dan ortiq tahlillarga moʻljallangan: virusli infeksiya, onkologiya, gormonlar va allergiya diagnostikasiga uchun;
  4. koagulometr – qon ivish tizimi diagnostikasi uchun;
  5. immunoxemilyuminissent analizator (IXLA) – soatiga 180 ta test oʻtkazadi: infeksiya, onkologiya, gormonlar va allergiya diagnostikasi uchun;
  6. real vaqt rejimida ishlaydigan PZR analizatori – tekshirilayotgan biologik materialda spetsifik DNK (RNK) ni “sifat” va “miqdor” ini aniqlashga moʻljallangan;

AMBULATOR DIAGNOSTIKA MARKAZI

Ambulator poliklinika markazi stomatologiya boʻlimi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar vazirligi  harbiy qism, muassasalarning harbiy xizmatchilari, ularning oila aʻzolari va QK pensionerlariga malakali va maxsus stomatologik yordam koʻrsatadi.

Boʻlim zamonaviy stomatologik asbob va uskunalar hamda stomatologik materiallar bilan taʻminlangan.

Terapevtik stomatologiya boʻlinmasida kariyes va uning asoratlari sifatli davolash maqsadida nur bilan qotuvchi, kimyoviy va stekloionomer plombalardan foydalanib kelinmoqda.

Ortopedik stomatologiya boʻlinmasida metallokeramika, metalloplastmassa, zanglamas poʻlatdan muhrlargan koronka, olib qoʻyiladigan protezlar  tayyorlanadi.

Xirurgik stomatologiya boʻlinmasida zamonaviy ogʻriqsizlantirish dori vositalari yordamida perikoronarit, alveolit, absesslar hamda oddiy va murakkab tishlarni sugʻurish amaliyotlari oʻtkaziladi.