Buxoro davlat universiteti Harbiy fakultetining yangi binosi foydalanishga topshirildi

0
867

Tadbirda Buxoro viloyat hokimligi, oliy taʼlim dargohlari oʻqituvchilari, jamoatchilik vakillari, harbiylar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda soʻz olgan viloyat hokimi Botir Zaripov barcha pedagog va harbiylarni fakultet yangi va muhtasham binosi bilan samimiy tabrikladi. Bu dargohda tahsil olgan yoshlar harbiy pedagog sifatida yuqori malakaga ega kadr sifatida oʻzlarini namoyon etishlariga ishonch bildirgani holda pedagogik jamoa faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi vakili podpolkovnik Nurali Amonov, mazkur fakultetning ilk qaldirgʻoch bitiruvchilaridan biri, ayni paytda isteʼfodagi podpolkovnik Ahmad Avezovlar ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, oʻquv yurtidan vatanparvar hamda oʻz yurtiga sodiq, bilimli yoshlar yetishib chiqishiga tilakdosh boʻldilar.

 

Shundan so‘ng harbiy orkestr sadolari ostida alvon lenta kesilib, yigʻilganlar harbiy fakultet binosida yaratilgan shart-sharoit va qulayliklarni koʻzdan kechirdilar.

Kursantlar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali chiqishlar hamda xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati