“Sazagan” dala o‘quv maydoniga nurobodlik o‘quvchi yoshlarning sayohati

0
618

“Sazagan” dala o‘quv maydoniga nurobodlik bir guruh o‘quvchi yoshlar sayohat qilishdi. Sayohat davomida yoshlar “Sazagan” dala o‘quv maydonining o‘quv moddiy bazasi, yotoqxona, oshxona va mashgu‘lot xonalari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ularga kichik mutaxassislarni tayyorlash Markazi harbiy xizmatchilari tomonidan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. O‘quvchi yoshlar “Sazagan” dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkaziladigan “Kasb ustasi” ko‘rik tanloviga tayyorgarlik ko‘rayotgan Markaziy harbiy okrug muddatli harbiy xizmatchilarining o‘q-otar qurollardan amaliy mashg‘ulot jarayonini kuzatishdi.

O‘z navabatida o‘quvchilar ham sport maydonchasida arqon tortish, turnikka tortilish va boshqa sport yo‘nalishlarida o‘z kuch-g‘ayratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda esa g‘oliblarga Markaz qo‘mondonligi tomonidan turli esdalik sovg‘alar topshirildi va Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasi tomonida konsert dasturi namoyish etildi.

Nurobodlik o‘quvchi yoshlar uchun ushbu sayohat juda ham qiziqarli va mazmunli bo‘lganligi ularning ko‘zlaridagi quvonchida namoyon bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning harbiy xizmatga boʻlgan istaklarini mustahkamlashda va milliy armiyamiz bilan faxrlanishi, gʻururlanish hissini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Kichik serjant Xayrullo O‘LMASOV