“Mahallabay” ishlash tizimi amalda

0
4336

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi qo‘mondonligi “Mahallabay” ishlash tizimining amaliy rejasini tuzib, o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda tegishli tadbirlarni boshlab yubordi.

Jumladan, Markaz harbiy xizmatchilaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatining olis tumanlarida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar holidan xabar olib, bir qator xayrli ishlarni amalga oshirdi.

Dastlab harbiy xizmatchilar joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan oilalarni o‘rgandi.  Yurt o‘g‘lonlari xonadon egalariga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar ulashib, ularning xo‘jalik ishlarida yordam berdi.

Mehr-oqibat, o‘zaro ko‘mak va saxovatdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Vatan posbonlariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

Kichik  serjant  Xayrullo ULMASOV