Olmazor tumani mudofaa ishlari bo‘limining zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi

0
759

Poytaxtimizda zamon talablari asosida qurilgan Olmazor tumani mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy andozalar asosida jihozlangan binolar, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o‘zida jamlagan qulay shart-sharoitlar chaqiriluvchilarni sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, milliy armiyamiz saflarini har tomonlama sog‘lom yoshlar bilan butlashda muhim o‘rin tutadi.

Marosimda Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qurolli Kuchlar faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan qulayliklarga nisbatan ijobiy baho berdilar.

Ma’lumki, fuqarolarning harbiy hayotga ilk qadami joylardagi mudofaa ishlari bo‘limlarida qo‘yiladi. Qo‘shinlarning jangovar salohiyati aynan shu yerda kechayotgan saralash bosqichlarining aniq va sifatli olib borilishiga chambarchas bog‘liq. Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 30 yilligi shodiyonasi arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu muassasa milliy armiyamiz saflarini intellektual salohiyatli va sog‘lom yoshlar bilan butlashda munosib o‘rin tutadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikasiyalar departamenti