Yurt o’g’lonlarining bilim va ko’nikmalari sinovdan o’tmoqda

0
719

Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilarining nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida nazorat sinov mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun yurt o‘g‘lonlari jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘yicha nazorat sinovlarini topshirishdi. Bunda harbiy xizmatchilar uzoq hamda qisqa masofaga yugurish mashqlarini bajarib, vaqt ko‘rsatkichlari va boshqa talablarning bajarilishiga qarab baholandilar.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilarning jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalaridan tortib, harbiy texnika va qurol-aslahalarining sozligi va holati sinovdan o‘tkazildi.

Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi mutaxassislari tomonidan yurt o‘g‘lonlarining har bir harakati baholanib borildi.

Bundan tashqari harbiy xizmatchilarning qurollarni bilishlari tekshirilib, shaxsiy va guruh qurollaridan me’yorlar bajarildi.

Yurt o‘g‘lonlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha olgan bilimlari ham sinovdan o‘tkazildi.

Hozirda o‘g‘lonlar o‘zlariga bo‘lgan ishonch bilan birma-bir sinovlardan o‘tib kelishmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati