Yaxshilik albatta qaytadi

0
652

Vatanparvarlik oyligi doirasida mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan tashqari, xayriya tadbirlari va aksiyalari ham o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyati Navoiy shahri, Toshkent viloyati Bekobod shahri va Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanida joylashgan harbiy qismlar bir guruh ko‘ngilli harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshirildi.

“Yaxshilik albatta qaytadi” shiori ostida o‘tkazilgan “Men donorman” aksiyasida harbiy xizmatchilar faol ishtirok etishib, bemorlar uchun qon zaxirasi tayyorlanishiga beminnat yordam berdilar.

Bu kabi aksiyalar davomida harbiy xizmatchilarning fidoyiligi va ishtiroki qon xastaliklari, jumladan, og‘ir darajadagi kamqonlik, qon saratoni kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar dardiga malham bo‘lish bilan birga “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” degan ulug‘vor g‘oyaning amaliy namunasini ifoda etadi.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy koomunikasiyalar departamenti