Donorlik xayriya aksiyasida harbiylar faol ishtirok etmoqda

0
535

Yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab joriy yilning 21-23-dekabr kunlari davomida bo‘lib o‘tayotgan “Men donorman” shiori ostidagi xayriya aksiyasida Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham faol ishtirok etmoqdalar.

Ushbu qon suyuqliklari bugungi kunda onkogematologik kasalliklariga chalingan bemorlarga beg‘araz yordam berish maqsadida topshirilyapti.

Harbiy xizmatchilarning donorlik aksiyalarida faol ishtiroki ushbu aksiyaning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlamoqda.

Bunday donorlik aksiyasi janubdagi barcha garnizonlarida o‘tkazildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni