Farg‘ona shahrida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

0
576

“O’zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida Farg‘ona shahrida yoshlar aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, Farg‘ona shahar hokimligi va sektor vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari va harbiy orkestr jamoasi ushbu festivalida o‘z chiqishlari bilan yoshlar qalbidan joy oldi.

Tadbirda milliy armiyamizda xizmat qilayotgan yurt posbonlarining jasorati, sadoqati o‘sib kelayotgan yoshlarga ibrat ekani aytib o‘tildi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar va ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Harbiy orkestrning turli vatanparvarlik kuy qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha fayz ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati