Davomli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar

0
524

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida vatanparvarlik oyligi doirasida yozuvchi, shoir, fan va davlat arboblari ishtirokida uchrashuv, davra suhbati kabi ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, o‘quvchi yoshlar va bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarimizga yaratilgan ulkan imtiyoz va imkoniyatlar, ulardan oqilona foydalanish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, zero ilmli odam yuksak ma’naviyatli va keng dunyoqarash egasi bo‘lishini bir necha misollar orqali aytib o‘tishdi.

Shu kuni harbiy qism targ‘ibot guruhi a’zolari hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda Abdulla Qodiriy muzeyida Chilonzor tumanida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan maktabi tarbiyalanuvchilari uchun konsert dasturi namoyish etishdi.

Bundan tashqari, “Respublika bolalar tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitasiyasi markazi”da ham bo‘lib, tarbiyalanuvchilar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazishdi hamda badiiy va ilmiy ommabop kitoblar hadya etishdi.

– “Vatanparvarlik oyligi doirasida yoshlar bilan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar milliy armiyamiz saflariga kelishi kutilayotgan yoshlarda o‘z kasbiga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi katta leytenant Kamolxon Hojixonov.

Mudofaa vazirligi Axborot va Ommaviy kommunikasiyalar departamenti