Qahramon xotirasini yod etib

0
644

Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari yurtimiz tinchligini himoya qilish chogʼida jasorat koʼrsatib, mardlarcha halok boʼlgan Namangan tumanida tugʼilgan marhum harbiy xizmatchi katta leytenant Kamolliddin Toshpoʼlatovning tahsil olgan maktabiga tashrif buyurdi.

Maktab oʼquvchilariga ushbu marhum harbiy xizmatchi haqida bir qator maʼlumotlar berib oʼtildi.

Maktabga oʼrnatilgan marhum harbiy xizmatchining byustiga oʼquvchi yoshlar va harbiy xizmatchilar gullar qoʼyib hurmat bajo keltirdilar.

Shu kuni oʼqituvchilar va marhumning doʼst-yaqinlari uning ijobiy fazilatlarini esga olishdi. El-yurt uchun aziz jonini fido qilganlar hech qachon unutilmasligi taʼkidlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati