Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilarining oila a’zolari Toshkentga sayohat qildi

0
573

Bugun, 20-dekabr kuni Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Jizzax mintaqaviy bo‘linmasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilarning 60 nafar oila a’zolari Toshkent shahriga sayohat uyushtirishdi.

Mehmonlar dastlab Yangi O‘zbekiston bog‘ini tomosha qilishdi. Bog‘da Yangi O‘zbekistondagi amalga oshirilgan islohotlarni aks ettiruvchi monumentlar bilan tanishgan mehmonlar, yangi yilning kirib kelish uchun ko‘rilayotgan bayramona bezatilgan archa atrofida esdalik uchun suratga tushdilar. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari xursandchiligi uchun bog‘ mutasaddilari tomonidan bayram dasturi namoyish etildi.

Shundan so‘ng mehmonlar «Gʻalaba bog‘iga» kelishdi. U yerda muzeydagi eksponatlar, o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urishidagi ishtiroki va g‘alabaga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.

«Gʻalaba bog‘i» majlislar zalida Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan mehmonlar uchun konsert dasturi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyurganlarning aksariyatini ayollar tashkil etganligini inobatga olgan mutasaddilar, o‘zbek san’atidagi birinchi ayol qiziqchi Mahfuza Sherboyevani taklif etdi. Uning ko‘ngilni ko‘taruvchi hajvlari va diltortar qo‘shiqlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Sherzod SHARIPOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.