Markaz tashabbusi samarqanlik yoshlarni hayratga soldi

0
511

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi tashabbusi bilan «Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!» shiori ostida samarqandlik yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi.

Shahar ahli, o‘quvchi va talaba yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida keng qamrovli tadbir Markaz hududiga tutash bo‘lgan ochiq maydonda o‘tkazildi.

Keng maydonda Qurolli Kuchlarimizda mavjud zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kun davomida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari hamda Samarqand garnizoni  harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi ham namoyish qilindi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan harbiy-vatanparvarlik tadbiri barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Kichik serjant Xayrullo ULMASOV