Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ish bilan ta’minlanmoqda

0
605

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz tizimida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari murojaatlari bilan ishlash komissiyalarining ish faoliyati a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, buni harbiy qism va muassasalarda tez-tez o‘tkazilayotgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” misolida ham kuzatishimiz mumkin.

Ana shunday tadbirlardan biri Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida ham bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, tegishli muassasa hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ko‘plab murojaatlar qabul qilinib, ularning aksari joyida o‘z yechimini topdi. Yarmarkada ishtirok etgan harbiy oila bekalarining bir nechtasi o‘zlariga ma’qul kelgan doimiy ish bilan ta’minlandi.

Bu kabi aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar okrug miqyosida davom ettirilmoqda.  

III darajali serjant Akbar AHMYeDOV,
Termiz garnizoni