Yurt o‘g‘lonlari xotirasi qalblarda barhayot

0
738

Andijon garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va harbiy orkestr jamoasi viloyatning Paxtaobod va Izboskan tumanlaridagi umumta’lim maktablarida bo‘lishdi.

Tadbir avvalida mazkur maktablarda o‘rnatilgan – xizmat vazifasini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning byustiga ehtirom ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng harbiy orkestr jamoasi tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. O‘quvchilar bilan bo‘lgan davra suhbatlarida esa bugungi kunda mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar yetkazilib, bu borada yoshlarni qiziqtirgan savollarga harbiy xizmatchilar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Maktab ma’muriyati va o‘quvchilar harbiy xizmatchilarning bu kabi tashriflaridan mamnun ekanini bildirdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati