Samarqanda “Xalq bilan ochiq muloqat” aksiyasi doirasida sayyor qabul oʻtkazildi

0
610

Markaziy harbiy okrugining maʼnaviyat va maʼrifat markazida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov hamda Samarqand harbiy prokurori adliya polkovnigi Odil Oʻsarovlarning boshchiligida Samarqand viloyatidagi harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari hamda Samarqand viloyati va shahri aholisi bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Tashkil etilgan ochiq muloqatda asosiy maqsad etib harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga, aholi va yoshlarni Qurolli Kuchlar sohasida qiynab kelayotgan mummolari va murojaatlarini tinglashga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.

Qoʻmondon dastlab aholi va yoshlarga muddatli harbiy xizmatga borish, kontrakt asosida harbiy xizmatda qolish tartibi haqida soʻz yuritib, milliy armiyamizning bugungi qudrati va unda yaratilgan shart-sharoitlar xususida soʻz yuritdi. Shundan soʻng, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, aholi va yoshlar bilan ochiq muloqat oʻtkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.

Unga koʻra, 169 ta murojaatlar qabul qilinib, kontrakt asosida harbiy xizmatga qabul qilish, uy-joy masalasi, tibbiy xizmat koʻrsatish, xizmat joyini koʻchirish kabi masalalar atroflicha oʻrganib chiqildi.Murojaatlarning natijasiga koʻra 127 tasi ijobiy hal etildi va maʼlum bir vaqt talab etadigan murojaatlar Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligining nazorati ostida Mudofaa vazirligi miqyosida qonuniy va ijobiy hal qilinishi kelishib olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati